Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy Germaniya avtosanoatiga sarmoya kiritishga tayyorlanmoqda
Pekin Germaniyada bir qator avtomobil zavodlarini sotib olish yoki sanoatga sarmoya kiritishning boshqa shakllari imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda, deya xabar beradi Reuters. Volkswagen bu xabarga izoh berishdan bosh tortdi.
Foto: Julian Stratenschulte/picture alliance/dpa
Xitoy Germaniyaning yopilishi rejalashtirilgan avtomobil zavodlariga, ayniqsa Volkswagen konserni korxonalariga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda 16 yanvar, payshanba kuni Reuters agentligi Xitoy hukumati rejalaridan xabardor manbasiga tayanib xabar berdi. Ushbu korxonalarni sotib olish Xitoyga o‘zining yuqori sifati va uzoq an’analari bilan mashhur bo‘lgan Germaniya avtomobil sanoatidagi ta’sirini kuchaytirishga imkon beradi, deya ta’kidladi agentlik manbasi. Xitoylik aniq investorlar to‘g‘risida ma’lumot hozircha oshkor etilmagan. Xitoy kompaniyalari allaqachon nemis iqtisodiyotining turli tarmoqlariga sarmoya kiritayotgan bo‘lsa-da, Germaniyada avtomobil ishlab chiqarish ular uchun yangi chegara bo‘lib qolmoqda.
Volkswagen, kasaba uyushmalarining keskin qarshiliklariga qaramay, Drezden va Osnabryukdagi zavodlarini yopish yoki ehtimol ularni sotish haqida o‘ylamoqda. Shu bilan birga, Xitoy kompaniyalari ish o‘rinlari kafolati va ishlab chiqarishni saqlab qolishni talab qilayotgan nemis kasaba uyushmalarining munosabatidan xavotirda.
Reuters manbasining aytishicha, sarmoyaviy qarorlar yangi nemis hukumati pozitsiyasiga bog‘liq bo‘lib, uning tarkibi 23 fevral kuni bo‘lib o‘tadigan navbatdan tashqari parlament saylovlaridan keyin ma’lum bo‘ladi. Pekin investitsiyalari Xitoy va Germaniya avtomobil ishlab chiqaruvchilari o‘rtasidagi raqobatni kuchaytiradi.
Volkswagen ehtimoliy Xitoy sarmoyalari haqidagi xabarlarga izoh berishdan bosh tortdi. Kompaniya vakilining aytishicha, uning maqsadi firma va uning xodimlari manfaatlarini hisobga olgan holda yechim topishdir.
O‘z navbatida, Xitoy TIV vakili Pekin nemis kompaniyalariga Xitoy iqtisodiyotiga sarmoya kiritish uchun katta imkoniyatlar berganini alohida ta’kidladi. Xitoy nemis tomoni ham ochiq qoladi va Xitoy kompaniyalari uchun adolatli va «kamsitishsiz» ishbilarmonlik muhitini yaratadi, deb umid qilmoqda.
Mavzuga oid
11:48 / 24.12.2025
WDR: Germaniya tashqi razvedkasi rahbari Narishkin bilan telefonda gaplashgan
12:57 / 23.12.2025
Deutsche Bahn'da kechikish rekordi: punktuallik 59 foizga tushdi
14:19 / 22.12.2025
Germaniya 2025 yilda oilani birlashtirish bo‘yicha 100 mingdan ortiq viza berdi
13:00 / 22.12.2025