Ozarboyjonda birinchi marta mpox virusi bilan kasallanish holati qayd etildi
Virus turistik safar bilan chet elda bo‘lib qaytgan 22 yoshli fuqaroda aniqlangan. U shifoxonaga yotqizilgan, oila a’zolari ham nazorat ostiga olingan.
Ozarboyjonda mpox virusi (maymunchechak) bilan kasallanishning birinchi holati qayd etildi. Bemor shifoxonaga yotqizilgan.
Ozarboyjon Sog‘liqni saqlash vazirligi va Tibbiy hududiy birliklarini boshqarish birlashmalarining qo‘shma bayonotida aytilishicha, 22 yoshli fuqaro 2-11 yanvar kunlari turistik safar bilan chet elda bo‘lib qaytgan. Mamlakatga qaytib kelganidan bir necha kun o‘tib, u Bokudagi klinikalardan biriga holsizlik, tana haroratining ko‘tarilishi, toshmalar, limfa tugunlarining kattalashishi va mushaklardagi og‘riq bilan murojaat qilgan.
«Bemorda maymunchechak bo‘lishi mumkinligini gumon qilgan shifokor suhbat davomida u safardalik vaqtida toshmasi bor inson bilan aloqada bo‘lganini aniqlagan. Kasallik belgilari laboratoriya tahlilini o‘tkazishga asos bo‘lib xizmat qilgan. Tahlil natijalari maymunchechak virusi borligini tasdiqlagan», — deyiladi bayonotda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bemor ayni vaqtda shifoxonada statsionar sharoitda davolanmoqda. U bilan aloqada bo‘lgan oila a’zolarida kasallik alomatlari qayd etilmagan. Ular ham uy kuzatuviga olingan.
Dekabr oyida Germaniyada mpox virusi xavfli Ib varianti bilan kasallanishning bir necha holatlari aniqlangani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shimoliy Reyn-Vestfaliya federal yerining Ryosrat shahridagi maktablardan biri ikki nafar o‘quvchining kasalligi tufayli karantinga yopilgan, undagi qolgan maktab o‘quvchilari masofaviy ta’limga o‘tkazilgan.
Tavsiya etamiz
Zelenskiydan mamnun, Rossiya zarbalaridan hafsalasi pir bo‘lgan. Trampning oxirgi bayonotlaridan asosiy gaplar
Jahon | 16:21 / 28.04.2025
Turkiyalik erkak operatsiyadan keyin ona tilini unutib, boshqa tilda gapirishni boshladi
Jahon | 19:42 / 27.04.2025
Havo isib ketishi va qurg‘oqchilikka tayyor turishimiz kerak – Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 15:55 / 26.04.2025
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda Ta’lim kodeksini qabul qilish rejalashtirilyapti
O‘zbekiston | 12:30
-
O‘zbekiston va Turkiya tadbirkor ayollarining biznes-forumlari o‘tkaziladi
O‘zbekiston | 12:20
-
Toshkentda uyning ichiga kirib olgan ilon zararsizlantirildi
Jamiyat | 12:13
-
Pedagog kadrlarni tayyorlashda sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmaydi
O‘zbekiston | 12:12
Mavzuga oid

13:16 / 26.04.2025
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefonda suhbatlashdi

07:49 / 10.04.2025
Ozarboyjon Shimoliy Kiprni qo‘llab-quvvatladi

08:41 / 08.04.2025
Ozarboyjon Yevropaga gaz yetkazib berishda Rossiya o‘rnini egallamoqda

15:12 / 03.04.2025