Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Honda 300 mingga yaqin avtomobilini chaqirib oladi
AQSh regulyatoriga ko‘ra, ushbu mashinalarning elektron tormozlanish tizimi avtomatik ravishda ishlab ketmoqda.
AQShda Honda markasidagi 295 ming donadan ortiq avtomobil chaqirib olinadi. Yo‘l harakati xavfsizligi milliy boshqarmasiga (NHsA) ko‘ra, bunga elektron tormozlanish tizimi avtomatik ishlab ketayotgani sabab bo‘lgan, deb yozadi Reuters.
Amerika regulyatorining hisoblashicha, ushbu nuqson keskin tormozlanish sabab to‘qnashuv xavfini oshirishi mumkin.
Chaqirib olinadigan avtomobillar qatoridan 2019-2022 yillarda ishlab chiqarilgan Honda Passport va Honda Insight modellari o‘rin oldi. Honda kompaniyasi, o‘z navbatida, bu kabi nuqson bilan bog‘liq 412 ta holat aniqlanganini ma’lum qildi.
Dekabr oxirlarida Tesla kompaniyasi shinalarda bosimni nazorat qilish tizimidagi muammolar sabab AQShdagi 694 mingdan ziyod avtomobilini chaqirib olishi ma’lum bo‘lgandi. Undan oldin esa AQSh Yo‘l harakati xavfsizligi milliy boshqarmasi Hyundai Tucson va Santa Cruz avtomobillari tormoz tepkisi bosilmagan taqdirda ham «avtoturargoh» rejimidan chiqib ketishi mumkinligidan ogohlantirgan edi.
Mavzuga oid
14:07
Yevropada AQShga ishonch tarixiy minimumga tushdi
10:06
AQSh AI tahdidlari sabab kiberxavfsizlik talablarini kuchaytirdi
21:50 / 10.06.2026
Eronning yadro bombasi yaratish imkoniyati qanday?
09:59 / 10.06.2026