Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyatiga hokim bo‘ldi
U bungacha turli yillarda Navoiy, Surxondaryo va Samarqand viloyatlariga rahbarlik qilgandi, bir necha oylik tanaffusdan keyin yana rahbarlik lavozimiga qaytdi.

Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi
O‘zbekiston prezidentining farmoni bilan Erkinjon Oqbo‘tayevich Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.
Erkinjon Turdimov 1969 yil Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanida tug‘ilgan. 1991 yilda Toshkent xalq xo‘jaligi institutini tamomlagan. Mutaxassisligi bo‘yicha iqtisodchi.
1991 yildan bank tizimida faoliyat boshlagan, 1995–1996 yillarda Zarafshon shahar hokimining iqtisodiyot masalalar bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lgan, 1996–2000 yillarda Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining Navoiy viloyat bo‘limi boshqaruvchisi sifatida ishlagan.
2000–2008 yillarda Xatirchi tumaniga hokimlik qilgan. 2008 yilda bir muddat Qishloq va suv xo‘jaligi vazirining qishloqda iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.
2008–2016 yillarda Navoiy viloyati hokimi, 2016–2018 yillarda Surxondaryo viloyati hokimi sifatida faoliyat ko‘rsatgan.
2018 yil 13 iyuldan Samarqand viloyati hokimi lavozimida ishlay boshlagan, 2024 yil noyabrida salomatligi tufayli lavozimini tark etgandi.
Sirdaryo viloyatiga 2022 yil 26 noyabrdan buyon Akmaljon Mahmudaliyev rahbarlik qilayotgandi, u 2024 yil 16 yanvar kuni investitsiyalarni jalb qilish, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va boshqa yo‘nalishlardagi faoliyatda jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun ishdan olingandi.
Tavsiya etamiz
Toshkentda endi avtomobilni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
Londonda tinchlik muzokaralari barbod bo‘ldi
Jahon | 21:29 / 23.04.2025
Xitoy Oyda AES qurish rejasini tasdiqladi
Jahon | 17:06 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yaponiyada salkam 30 yil avtobus boshqargan haydovchi 7 dollar o‘g‘irlagani uchun ishdan bo‘shatildi
Jahon | 00:43
-
Niderlandiya qiroli mamlakatni «tish-tirnog‘igacha qurollantirishga» chaqirdi
Jahon | 00:22
-
Qirg‘izistonda RF armiyasiga yollash ishi bo‘yicha rossiyalik polittexnolog hibsga olindi
Jahon | 23:58 / 24.04.2025
-
Tramp millionerlar uchun soliqlarni oshirishdan bosh tortdi
Jahon | 23:25 / 24.04.2025
Mavzuga oid

18:58 / 18.04.2025
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

17:59 / 18.04.2025
«Esingiz borida etagingizni yopib oling» - Turdimov xususiy korxonalar rahbarlarini soliqdan qochmaslikka chaqirdi

20:45 / 15.04.2025
Sirdaryo viloyati soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

17:07 / 07.04.2025