Meksika prezidenti: Noqonuniy migrantlar o‘z mamlakatiga deportatsiya qilinadi
Meksika rasmiylari noqonuniy migrantlar holati yuzasidan AQSh rasmiylari bilan muzokaralar olib bormoqda.

Foto: Anadolu Agency
AQSh hududiga o‘tish uchun Meksikaga kelgan noqonuniy migrantlar o‘z mamlakatiga qaytariladi. Bu haqda Meksika prezidenti Klaudiya Sheynbaum Mexikodagi Milliy saroyda o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi, deb xabar berdi Anadolu.
«Markaziy Amerikaning barcha davlatlari, xususan, Gvatemala bilan kelishuv mavjud va hatto yaqinda shu maqsadda uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Kuba bilan ham kelishuv mavjud. Noqonuniy migrantlar Meksika hududiga emas, balki kelgan mamlakatiga jo‘natilishi kerak», deb ta’kidladi davlat rahbari.
Shu bilan birga, prezident Meksikadagi noqonuniy migrantlarga gumanitar yordam ko‘rsatilishiga ishontirdi.
«Agar bu odamlar Meksikada bo‘lsa, biz ularga gumanitar sabablarga ko‘ra e’tibor beramiz, ammo immigratsiya siyosatimizning bir qismi sifatida biz ularning o‘z vataniga qaytishini xohlaymiz», dedi Sheynbaum.
Prezidentning qayd etishicha, Meksika rasmiylari migrantlar holati yuzasidan AQSh rasmiylari bilan muzokaralar olib bormoqda. Davlat rahbarining qo‘shimcha qilishicha, u hokimiyatga kelganidan beri birinchi navbatda migrantlarni ixtiyoriy ravishda vataniga qaytarishni rag‘batlantirgan.
Avvalroq, AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatdagi migrantlar bilan bog‘liq vaziyatga e’tibor qaratib, AQSh-Meksika chegarasida favqulodda holat e’lon qilgan va nazorat-o‘tkazish punktlarini yopgan edi. Shuningdek, u noqonuniy migrantlar ommaviy deportatsiya qilinishini aytdi.
Meksika AQSh hududiga o‘tmoqchi bo‘lgan noqonuniy migrantlar uchun asosiy tarnzit mamlakati hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Samarqand-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha «Afrosiyob» poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston | 17:56
-
Yevroittifoq Rossiya aviakompaniyalari uchun o‘z osmonini ochishdan bosh tortdi
Jahon | 17:55
-
Ukraina va AQSh foydali qazilmalar bo‘yicha shartnoma tuzish niyatida memorandum imzoladi
Jahon | 17:34
-
O‘zbekistonning Bahrayndagi birinchi elchisi tayinlandi
O‘zbekiston | 17:32
Mavzuga oid

17:34
Ukraina va AQSh foydali qazilmalar bo‘yicha shartnoma tuzish niyatida memorandum imzoladi

13:53
Reuters: Rossiya harbiy ta’minot uchun AQSh firmasidan foydalanmoqchi

13:46
Falastinni tan olmoqchi bo‘layotgan Fransiya, Trampdan Putinga so‘nggi ultimatum va «Tolibon»ni terrorchilar ro‘yxatidan chiqargan Rossiya - kun dayjesti

13:25