Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan o‘zbekistonlik bola vatanga qaytarildi
U 2023 yilda onasi bilan Rossiyaga mehnat migratsiyasiga borgan. Reyd davomida RF hududida bo‘lib turish qoidalarining buzilishi ortidan O‘zbekistonga yuborilgan.
Rossiyaning Samara oblastida ota-ona qaramog‘isiz qolgan bola O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 22 yanvar kuni xorijda ota-ona qaramog‘isiz qolgan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan voyaga yetmagan shaxs Rossiya IIV Samara oblasti bosh boshqarmasi Voyaga yetmagan huquqbuzarlarni vaqtincha saqlash markazi xodimlari kuzatuvida Toshkent shahriga yetib kelgan.
Bola Toshkent shahar IIBB huzuridagi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga vaqtincha joylashtirilgan.
Ta’kidlanishicha, u 2023 yilda onasi bilan Rossiyaga mehnat migratsiyasiga borgan. Reyd davomida RF hududida bo‘lib turish qoidalarini buzilishi ortidan O‘zbekistonga yuborilgan.
«Ota-onaning hozirda qayerdaligi noma’lum. «Inson» ijtimoiy xizmat ko‘rsatish markazi bolani muqobil joylashtirish choralarini ko‘rmoqda», — deyiladi xabarda.
Bundan oldin Xitoyda murakkab vaziyatga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarolari, shuningdek, Turkiyada qarovsiz qolgan o‘zbekistonlik bolalar vatanga qaytarilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
19:29 / 22.09.2025
Rossiya har qanday tahdidlarga javob berishga qodir – Putin
15:20 / 22.09.2025
Qrim «hokimiyati» Ukraina Forosga zarba berganini ma’lum qildi
14:35 / 22.09.2025
Germaniya Boltiq dengizidagi Rossiya samolyoti tufayli qiruvchilarini havoga ko‘tardi
12:25 / 22.09.2025