Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
USAID Ukrainadagi loyihalarni to‘xtatib turish haqida ko‘rsatma oldi
AQShning xalqaro taraqqiyot bo‘yicha agentligiga Ukrainadagi barcha loyihalar va ular bo‘yicha xarajatlarni to‘xtatish to‘g‘risida buyruq oldi, deb yozadi "Suspіlne".
AQShning xalqaro taraqqiyot bo‘yicha agentligiga (USAID) Ukrainada davlat kotibi Marko Rubioning aksariyat xorijiy yordam dasturlarini 90 kunga muzlatish va yangi grantlarni to‘xtatish haqidagi buyrug‘iga binoan barcha loyihalar va ularga sarflanadigan mablag‘larni to‘xtatib turish buyurildi. Bu haqda 26 yanvar, yakshanba kuni USAID'ning Kiyevdagi vakolatxonasi xodimiga tayanib, «Suspіlne» nashri xabar berdi.
Ofis AQSh Davlat departamentiga tayanib, direktivani qanday amalga oshirishni rejalashtirayotgani, istisnolar mavjud yoki yo‘qligini aniqlashtirmadi.
USAID Ukrainada maktablarni tiklash, sog‘liqni saqlash va muhim energiya infratuzilmasini ta’mirlashni qo‘llab-quvvatlaydi.
Veteran Hub asoschisi Ivona Kostina 26 yanvar kuni Facebookʼda ma’lum qilishicha, tashkilot AQShning yangi ma’muriyati qarorlari tufayli Vinnitsadagi faxriylarni qo‘llab-quvvatlash liniyasi va markazini yopishga majbur bo‘lgan. Shu munosabat bilan Kostina tadbirkorlardan yordam so‘radi.
Zelenskiy: Rubioning ko‘rsatmasi Ukrainaga harbiy yordam berishga taalluqli emas
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 25 yanvar kuni Rubioning ko‘rsatmasi Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatishga taalluqli emasligini ta’kidladi.
Ayni paytda Financial Times gazetasining yozishicha, AQSh Davlat departamentining Yevropa va Yevrosiyo masalalari bo‘yicha byurosi diplomatlari davlat kotibidan Ukrainani 25 yanvardagi direktivadan butunlay chiqarib tashlashni so‘ragan.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp mablag‘larni taqsimlash uning tashqi siyosatiga mos kelishini tekshirish uchun to‘lovlarni to‘xtatib turishni buyurgan edi.
Mavzuga oid
18:40 / 15.06.2026
Rossiya Ukraina bo‘ylab yopirilma zarba berdi – fotolar
18:44 / 14.06.2026
Ukraina dronlari Rossiyaning kamida 14 regioniga hujum qildi
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
23:16 / 12.06.2026