Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Koreya tajribasi asosida reabilitatsiya xizmatlari joriy etiladi
Mamlakat elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Janubiy Koreyaning Kyungpuk milliy universitetining Chilgok va Seul milliy universitetining Bundan klinikalari rahbariyati o‘rtasida onlayn muzokaralar tashkil etildi.
Muzokaralar chog‘ida O‘zbekistonda aholini ijtimoiy himoya qilish yo‘nalishda olib borayotgan davlat siyosati, jumladan, aholining turmush darajasini yaxshilash, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish hamda nogironlar uchun maxsus reabilitatsiya markazlarini yaratish va xodimlarini malakasini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi. Janubiy Koreya tomoni uchun "Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish tizimini takomillashtirish" mavzusida taqdimot o‘tkazildi.
Kyungpuk milliy universitetining Chilgok va Seul milliy universitetining Bundan klinikalari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, jumladan tegishli hujjatlarni imzolash, mazkur oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari ishtirokida O‘zbekistonda seminar o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, tomonlar respublika reabilitologlari uchun mazkur klinikalarda malaka oshirish dasturlarini tashkil etish, ilg‘or xalqaro tajriba asosida reabilitatsiya xizmatlarini joriy etish, milliy klinik protokollarini ishlab chiqishda tajriba almashish to‘g‘risida fikr almashdilar.
Muzokaralar yakunida reabilitatsiya yo‘nalishidagi hamkorlikni jadallashtirish bo‘yicha onlayn uchrashuvlarni muntazam o‘tkazish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
19:26 / 06.05.2026
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimiga nisbatan hukmni og‘irlashtirgan sudya o‘lik holda topildi
16:10 / 27.04.2026
Janubiy Koreya O‘zbekistonda AT ta’limi uchun 14 mln dollar grant ajratadi
22:00 / 17.04.2026