Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Yevropa elitasi orasida tezda «tartib o‘rnatadi» - Putin
Rossiya prezidentining ta’kidlashicha, YeI davlatlarining hozirgi rahbarlariga «jasurlik yetishmaydi». Tramp esa o‘zining xarakteri bilan tez orada tartib o‘rnatadi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin yevropalik yetakchilarga AQShning sobiq prezidenti Jo Bayden ko‘proq yoqqani, saylovlarda Donald Tramp g‘alaba qozonganidan keyin esa sarosimaga tushib qolganini ta’kidladi. Putinning fikricha, Oq uyning yangi rahbari tez orada «tartib o‘rnatadi».
«Nima yaxshi va nima yomon ekani, jumladan, gender siyosati va boshqa masalalarda Tramp o‘zgacha qarashlarga ega. Ishontirib aytamanki, Tramp o‘zining xarakteri, qat’iyati bilan ancha tez tartib o‘rnatadi. Va ularning barchasi mana ko‘rasiz — bu juda tez sodir bo‘ladi — barchasi xo‘jayinining oyoqlari ostida turib, dumini biroz likillata boshlaydi. Hammasi o‘z joyiga qaytadi», — deydi Rossiya prezidenti.
Shuningdek, Putinning qayd etishicha, YeI davlatlari rahbarlariga o‘zlaridan oldingi yetakchilardan farqli o‘laroq manfaatlarini himoya qilishda jasurlik yetishmaydi. Muqobil siyosiy g‘oyalarni taqiqlaydigan Yevropa elitasini esa Putin «siyosiy tirmizaklar» deb atadi.
AQSh prezidenti Donald Tramp lavozimga kirishganidan keyin savdodagi «ulkan defitsit» sabab Yevropa Ittifoqi davlatlari mahsulotlariga bojlar joriy etishini ma’lum qildi. Uning aytishicha, Yevroittifoq AQSh avtomobillari va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilmaydi, ammo «millionlab» o‘z mashinalarini yetkazib beradi.
Mavzuga oid
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
14:20 / 11.06.2026
Rossiyadan ketgan fuqarolarning mol-mulki xatlanishi mumkin
09:15 / 09.06.2026
Putin va Netanyahuga order bergan prokuror vaqtincha ishdan olindi
20:34 / 08.06.2026