Adliya vazirligi “Ziyo ulash” kitob ulashish aksiyasini kengaytirmoqda
“Bukshering” (kitob ulashish) – kitoblarni erkin almashish madaniyati. Adliya vazirligi ushbu madaniyatni keng ommalashtirish maqsadida 2024 yil “Ziyo ulash” aksiyasini boshladi.

Foto: Adliya vazirligi
Adliya vazirligi mamlakatda ma’naviyatni yuksaltirish va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish maqsadida respublikadagi davlat xizmatlari markazlarida kitob almashish uchun maxsus “ziyo ulashish” burchaklarini tashkil etmoqda.
“Bukshering” (kitob ulashish) – bu kitoblarni erkin almashish madaniyatidir. Adliya vazirligi ushbu madaniyatni keng ommalashtirish maqsadida 2024 yil “Ziyo ulash” aksiyasini boshladi. Dastlabki bosqichda adliya tizimi xodimlari o‘zlari o‘qib bo‘lgan kitoblarni ixtiyoriylik asosida keltirib topshirdilar. Ushbu kitoblardan respublika bo‘ylab 200 dan ortiq mahalla kutubxonalari tashkil qilindi.
Endilikda ushbu tashabbusga keng jamoatchilikni ham jalb qilish maqsadida loyihani yangi bosqichga olib chiqish ko‘zda tutilgan. Bu tashabbus:
⦁ kitobxonlikni ommalashtirish;
⦁ jamiyatda o‘zaro hamjihatlik va hurmatni oshirish;
⦁ yosh avlodni bilimga chanqoq qilib tarbiyalash kabi ezgu maqsadlarga qaratilgan.
O‘quvchilar quyidagi yo‘llar orqali o‘z yordamini qo‘shishi mumkin:
1. Kitoblar hadya qilish: O‘zingiz o‘qigan, lekin hali boshqalarga foydasi tegishi mumkin bo‘lgan kitoblarni davlat xizmatlari markazlaridagi “Ziyo ulash” burchaklariga olib keling.
2. Atrofdagilarni “Ziyo ulash” tashabbusini qo‘llab-quvvatlashga chaqirish: Do‘stlaringiz, hamkasblaringiz va boshqa davlat tashkilotlari xodimlarini ushbu tashabbusda ishtirok etishga da’vat eting.
3. Targ‘ib qilish: “Ziyo ulash” burchaklarining afzalliklari haqida yaqinlaringizga aytib bering, ijtimoiy tarmoqlarda ular haqida yozing.
Adliya vazirligi har bir davlat tashkiloti xodimlari va rahbarlarini ushbu tashabbusni faol qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.
"Ziyo ulash" burchaklarini o‘z tashkilotingizda targ‘ib qilib, bu yerga o‘qib bo‘lgan kitoblarini olib kelish yoki yangi kitoblarni hadya etishga targ‘ib qilishingizdan boshimiz ko‘kka yetadi. Chunki ushbu kitoblar boshqalar tomonidan erkin olib o‘qilishidan tashqari, jamlanib kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga tarqatiladi", deyiladi ma’lumotda.
Tavsiya etamiz
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori ishdan olindi
O‘zbekiston | 11:20 / 14.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
“Xitoy bilan oramiz buzilishini istovchi davlatlar bor” – tarmoqdagi dolzarb mavzu haqida suhbat
O‘zbekiston | 15:17 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina Qurolli kuchlari Kursk oblastidagi asosiy vazifasini bajarib bo‘ldi - Zelenskiy
Jahon | 00:22
-
Qashqadaryoda bosqinchilik bilan shug‘ullanib kelgan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi
Jamiyat | 23:40 / 14.03.2025
-
Kanadaning yangi bosh vaziri qasamyod keltirdi
Jahon | 23:29 / 14.03.2025
-
Ozoda Nursaidova klipi jarayonida avariya bo‘lgan aktrisa Turkiyada operatsiya qilinadi - voqea tafsilotlari
Jamiyat | 23:03 / 14.03.2025
Mavzuga oid

12:19 / 12.03.2025
Nyu-Jyersidagi kutubxonadan 99 yil avval olingan kitob qaytarildi

11:58 / 11.03.2025
Tesla aksiyalari qiymati bir kunda 15 foizga tushib ketdi

11:29 / 01.02.2025
O‘zbekistonda kitob o‘qigan mahkumlarning jazo muddati qisqartirilishi mumkin

21:20 / 11.01.2025