Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Uy-joyning yagona hayot sikli" tamoyili joriy etilmoqda
Prezident "Uy-joy qurilishi sohasini yanada rivojlantirish va turar va noturar joy obektlarni ulush kiritish asosida qurish jarayonini tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi.
Uy-joy va noturar joy obektlarni ulushli ishtirok asosida qurish jarayonida fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini kafolatlash uchun quyidagilarni nazarda tutuvchi "Uy-joyning yagona hayot sikli" tamoyili joriy etilmoqda:
• uy-joy va noturar joy obektlarni ulush kiritish asosida qurish jarayonida jismoniy va yuridik shaxslar (ulushdor) huquqlarini himoya qilishni ta’minlash;
• mavjud yer resurslaridan samarali (intensiv) foydalangan holda uy-joy qurilishini tashkil etish;
• uy-joy qurilishi sohasidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish muddatlarini qisqartirish;
• uy-joylarni ulush kiritish va ipoteka krediti asosida sotib olishning ishonchli va samarali imkoniyatini yaratish;
• uy-joy qurilishida energiya tejamkor qurilish materiallaridan foydalanishni ommalashtirish.
"Uy-joyning yagona hayot sikli" tamoyili doirasida 2025 yil 1 iyuldan boshlab qurilish-pudrat tashkilotlari, developerlar va buyurtmachilar (quruvchilar) tomonidan obektlarni qurishda ulushdorlarning pul mablag‘larini jalb qilish faqat kadastr organlarida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan, notarial tasdiqlangan ulushli ishtirok asosidagi qurilish shartnomasi asosida amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
16:20
Hududlar kesimida uy-joy qurilishi: Toshkent viloyati, Xorazm va Farg‘ona peshqadam
10:23 / 28.01.2026
Yashab turgan uyini berib, ko‘chada qolganlar ham bor: Toshkentda yana bir quruvchi mijozlarini sarson qilmoqda
14:34 / 27.01.2026
Inspeksiya: qurilish, uy-joy va suv tarmoqlarida qator qonunbuzilishlar aniqlandi
11:28 / 23.01.2026