Gurjistonda namoyishchilarga nisbatan jazo kuchaytirildi
Gurjistonning Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida mansabdor shaxslarni haqorat qilish bo‘yicha yangi modda paydo bo‘ldi. Bundan tashqari, ayrim ma’muriy huquqbuzarliklar uchun jarima va qamoqqa olish muddatlari oshirildi. Jinoyat kodeksiga ham o‘zgartirishlar kiritildi.

Foto: Mixail Tereshchenko / TASS
Gurjistonda namoyishchilarga nisbatan jazo choralarini kuchaytiruvchi tuzatishlar kuchga kirdi, deb xabar berdi 7 fevral, juma kuni mahalliy OAV. Bir kun avval hukmron «Gurjiston orzusi» partiyasi deputatlari tomonidan tezlashtirilgan tarzda qabul qilingan qonunchilik paketi allaqachon mamlakat prezidenti Mixail Kavelashvili tomonidan imzolanib, e’lon qilingan.
Paper Kartuli nashrining yozishicha, Gurjiston Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga mansabdor shaxslarni haqorat qilish bo‘yicha ma’muriy modda qo‘shilgan bo‘lib, u 45 sutkagacha qamoqqa olish yoki 4000 larigacha (taxminan 1400 dollar) jarima solishni nazarda tutadi. Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlar politsiya xodimlariga bo‘ysunmaslik, tahdid va hujumlar haqidagi moddalarga tegishli. Ushbu jinoyatlar uchun qamoq jazosi oshirildi. Zo‘ravonlikka ommaviy chaqiriqlar endi qamoq bilan ham jazolanishi mumkin.
Mitinglar o‘tkazish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritildi
Ba’zi tuzatishlar miting va norozilik namoyishlarini o‘tkazish qoidalariga tegishli. Endi, jazo tahdidi ostida, namoyishchilarga ko‘priklar, temiryo‘llar, avtomobil yo‘llari, tunnellar va «munitsipalitet tomonidan belgilangan» transport uzellarini to‘sib qo‘yishga ruxsat berilmaydi. Shuningdek, fuqarolarning o‘tishiga to‘sqinlik qilish va politsiya to‘xtatib qo‘yishni talab qilgan aksiyada qatnashish taqiqlanadi.
Bundan tashqari, mayda bezorilik va buzg‘unchilik, politsiya xodimiga bo‘ysunmaslik yoki haqorat qilish, miting qoidalariga rioya qilmaslik, ma’muriy binolar va yo‘llarni to‘sib qo‘yish, namoyishlarda niqob va lazerlardan foydalanish uchun jarima va ma’muriy qamoqqa olish muddatlari oshirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
O‘zbekiston | 17:00 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
O‘zbekiston | 14:30 / 27.05.2025
“Viza berishni osonlashtirish haqida gap-so‘z yo‘q” – AQSh elchixonasi
O‘zbekiston | 19:28 / 26.05.2025
Makron Vetnamga tashrifi chog‘ida rafiqasidan shappati yedi
Jahon | 16:40 / 26.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Afrosiyob» tezyurar poyezdining manyovr lokomotivida yong‘in chiqdi
Jamiyat | 22:45
-
28 may yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:33
-
Italiya bosh vaziri Jorja Meloni rasmiy tashrif bilan Samarqandga keldi
O‘zbekiston | 22:25
-
Saida Mirziyoyeva Rossiya prezidenti administratsiyasi rahbari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston | 22:17
Mavzuga oid

13:16 / 27.05.2025
Gurjiston Mustaqilligi kunida Tbilisida namoyishlar tinch o‘tdi

10:53 / 24.05.2025
Gurjistonda muxolifat yetakchilaridan biri Japaridze hibsga olindi

16:50 / 25.04.2025
Gurjiston sobiq bosh vaziri va hukmron partiya raisi Irakliy Garibashvili siyosatdan ketishini e’lon qildi

11:39 / 18.04.2025