Gurjistonda namoyişçilarga nisbatan jazo çoralarini kuçaytiruvçi tuzatişlar kuçga kirdi, deb xabar berdi 7 fevral, juma kuni mahalliy OAV. Bir kun avval hukmron «Gurjiston orzusi» partiyasi deputatlari tomonidan tezlaştirilgan tarzda qabul qilingan qonunçilik paketi allaqaçon mamlakat prezidenti Mixail Kavelaşvili tomonidan imzolanib, e’lon qilingan.
Paper Kartuli naşrining yozişiça, Gurjiston Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga mansabdor şaxslarni haqorat qiliş böyiça ma’muriy modda qöşilgan bölib, u 45 sutkagaça qamoqqa oliş yoki 4000 larigaça (taxminan 1400 dollar) jarima solişni nazarda tutadi. Jinoyat kodeksiga kiritilgan özgartirişlar politsiya xodimlariga böysunmaslik, tahdid va hujumlar haqidagi moddalarga tegişli. Uşbu jinoyatlar uçun qamoq jazosi oşirildi. Zöravonlikka ommaviy çaqiriqlar endi qamoq bilan ham jazolanişi mumkin.
Mitinglar ötkaziş qoidalariga özgartirişlar kiritildi
Ba’zi tuzatişlar miting va norozilik namoyişlarini ötkaziş qoidalariga tegişli. Endi, jazo tahdidi ostida, namoyişçilarga köpriklar, temiryöllar, avtomobil yöllari, tunnellar va «munitsipalitet tomonidan belgilangan» transport uzellarini tösib qöyişga ruxsat berilmaydi. Şuningdek, fuqarolarning ötişiga tösqinlik qiliş va politsiya töxtatib qöyişni talab qilgan aksiyada qatnaşiş taqiqlanadi.
Bundan taşqari, mayda bezorilik va buzğunçilik, politsiya xodimiga böysunmaslik yoki haqorat qiliş, miting qoidalariga rioya qilmaslik, ma’muriy binolar va yöllarni tösib qöyiş, namoyişlarda niqob va lazerlardan foydalaniş uçun jarima va ma’muriy qamoqqa oliş muddatlari oşirilmoqda.












