Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KQTT Ukrainadan namunalarda taqiqlangan CS gazi izlarini topdi
Kimyoviy qurollarni taqiqlash tashkiloti Ukrainadagi qarama-qarshilik chizig‘ida CS zaharli moddasi qurol sifatida qo‘llangani haqida xabar berdi.
Kimyoviy qurollarni taqiqlash tashkiloti (KQTT) 2-xlorbenzilidenmalononitril (CS nomi bilan tanilgan) 2024 yil oktyabr oyida Ukrainaning Dnipropetrovsk oblastidagi qarama-qarshilik chizig‘i bo‘ylab sodir bo‘lgan uchta hodisada qurol sifatida qo‘llanganini e’lon qildi. 14 fevral, juma kuni KQTT Kiyevga hodisalar tafsilotlarini aniqlash uchun ekspertlarning ikkinchi texnik tashrifi haqidagi hisobotni topshirdi.
Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, ular 2 oktyabr kuni Marevka qishlog‘i yaqinida, 12 oktyabr va 14 oktyabr kunlari esa Ilinka qishlog‘i yaqinida sodir bo‘lgan.
Ikki missiya davomida KQTT Texnik kotibiyati ekspertlari hujjatlar va raqamli fayllarni, bevosita guvohlarning ko‘rsatmalarini to‘pladi, Ukraina tomonidan to‘plangan to‘qqizta namunani oldi. Mutaxassislar guruhiga to‘rtta granata snaryadlari, uchta tuproq namunasi va ikkita o‘simlik namunasi kuzatuv punkti va qarama-qarshilik chizig‘i bo‘ylab dam olish joyidan topshirildi.
Jangovar harakatlar zonasida «Nastarin» gazidan foydalanish taqiqlangan
Namunalar KQTT tomonidan tanlangan ikkita laboratoriyaga yuborildi. Jangovar zaharlovchi CS moddasi granatalar, tuproq namunalari va o‘simliklarda aniqlangan.
Rossiya va Ukraina bir-birini kimyoviy qurol ishlatishda ayblab, bir qancha ayblovlar bilan Tashkilotga murojaat qilgan.
CS gazi («Nastarin» gazi) o‘limga olib kelmaydi, lekin o‘pka, ko‘z va terini bezovta qiladi. Jang zonalarida undan foydalanish taqiqlanadi.
Topilmalar bilan bog‘liq holda, KQTT yana bir bor «Kimyoviy qurollar bo‘yicha konvensiya tamoyillarini saqlash va ta’minlash» zarurligiga e’tibor qaratdi.
Mavzuga oid
09:00 / 10.05.2026
Bekor bo‘lgan peshlavha “solig‘i”, anti-SLAPP zarurati va SSVda iste’folar - hafta dayjesti
22:31 / 05.05.2026
Mart oyida 2,7 mlrd kub gaz qazib olindi. Bu o‘tgan yilning mos davridagidan 30 foizga kam
19:41 / 03.05.2026
O‘zbekistonda joriy yilda 4,3 mlrd kVt soat elektr va 2,8 mlrd metr kub gazni tejash maqsad qilindi
11:12 / 21.04.2026