Jahon | 20:26 / 17.02.2025
7469
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada choyxona portladi, o‘zbekistonliklar jabrlangani aytilmoqda

Ikki qavatli choyxonada gaz balloni portlashi oqibatida yong‘in chiqqan.

Rossiyaning Leningrad viloyati, Ust-Luga qishlog‘idagi ikki qavatli choyxonada portlash va yong‘in yuz berdi. Bu haqda «78.ru» xabar berdi.

Qayd qilinishicha, hodisa 16 fevral kuni yuz bergan. Ust-Luga qishlog‘idagi ikki qavatli choyxonada gaz balloni portlashi oqibatida yong‘in chiqqan. Ballon portlagandan so‘ng yong‘in butun choyxona binosini qamrab olgan. Dastlab, to‘rt kishi tan jarohati olib, og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazilgan. Keyinchalik ularning soni 6 nafarga yetgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ular O‘zbekiston fuqarolaridir.

Prokuratura yong‘in surishtiruv ishlarini boshlab, qonunbuzarliklar aniqlansa, chora ko‘rishga va’da bergan.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid