Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada bank mobil ilovalaridan pul o‘g‘irlaydigan virus tarqalgani aytildi
SpyNote troyan virusidan faqat ba’zi banklar ilovalari himoyalangani ta’kidlanmoqda.
Android uchun mo‘ljallangan SpyNote bank troyan virusi so‘nggi 6 oy ichida Rossiyada sodir bo‘lgan o‘g‘irliklarning taxminan 40-50 foizida ishtirok etgan, dedi Rossiya Markaziy banki rahbari Elvira Nabiullina.
Uning so‘zlariga ko‘ra, zararli dasturdan faqat ba’zi banklar himoyalangan. Nabiullina qaysi banklarning ilovalari hali ham virusdan himoyasiz ekanligini aytmadi.
«Virus turli zararsiz dasturlarni taqlid qiladi va bu zararli dastur yordamida firibgarlar ma’lum vaqt telefonni kuzatib boradi, parollarni ko‘radi, SMS xabarlarni o‘qiydi. Keyin ular bank ilovasini masofadan osongina ochib, hisobda hech narsa qoldirmasdan pullarni o‘maradi», dedi Rossiya Markaziy banki rahbari «Moliyada kiberxavfsizlik» forumida.
Nabiullina bank sektori mijozlarni virusdan himoya qilish ustida ish olib borayotganiga ishontirdi. «Biz barcha banklar bu muammoni imkon qadar tezroq, eng kech chorak oxirigacha hal etishi uchun harakat qilamiz», dedi u.
Mavzuga oid
16:30 / 22.01.2026
O‘zbekistonda onlayn firibgarlikka qarshi qanday kurashiladi?
09:10 / 22.01.2026
Onlayn firibgarlikka qarshi yangi talablar: bank kartalarida 24/7 aloqa raqami bo‘ladi
12:14 / 21.01.2026
Mobil ilovalarda P2P o‘tkazmalar uchun yangi qoidalar joriy etildi
07:23 / 20.01.2026