Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda “Tozalash“ tezkor-profilaktik tadbirlari o‘tkazildi
Andijonda 11 yil avval sodir etilgan jinoyat fosh qilindi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.
Tadbirlar davomida qariyb 11 yil avval bosqinchilik jinoyatini sodir etgan shaxslarning jinoiy qilmishi fosh etildi. Shahrixon tumanida yashovchi fuqaroning xonadoniga 2014 yil 21 may tunida ikki nafar niqobli shaxs pichoq va ov quroli bilan kirib, xonadon egasi va uning oilasiga hujum qilgan.
Noma’lum shaxslar pul talab qilgan. Uy egalariga kimgadir bu haqda murojaat qilgan taqdirda o‘ldirib ketish bilan tahdid qilgan. Uy egasining telefonini sindirib, noma’lum tomonga yashiringan.
Ushbu jinoyatni 1990 va 1993 yilda tug‘ilgan ikki nafar shaxs sodir etgani aniqlanib, ulardan biri qo‘lga olindi. Uning jinoiy sherigiga nisbatan esa qidiruv olib borilmoqda.
Jinoyatni sodir etishda foydalanilgan ov miltig‘i olinib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirildi.
Xo‘jaobod tumanida 1984 yilda tug‘ilgan shaxs boshqaruvidagi Lacetti avtomashinasi to‘xtatib tekshirildi. Unda jami 2 kg gashish giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.
Yana bir holatda noqonuniy mayning fermasini tashkil etgan shaxs aniqlandi. Uning xonadonidagi mayning qurilmalar va sovitish ombori tuman elektr tarmoqlari korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan, noqonuniy ravishda tarmoqqa ulanib faoliyat yuritib kelgan.
Buning oqibatida 1,2 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan.
Mavzuga oid
14:04
Toshkent–Andijon va Toshkent–Termiz yo‘nalishlarida yuqori tezlikdagi poyezdlar qatnovi reja qilinmoqda
13:28
Andijondagi poliklinikada fojia: 4 kishi vafot etdi
22:12 / 06.06.2026
Andijonda voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqa qilgan IIB xodimi qamoqqa olindi
12:31 / 02.06.2026