Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Senat diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini ma’qulladi
Oliy Majlis Senati «fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati» konsepsiyasini ma’qulladi. Hujjat prezident tomonidan imzolangach kuchga kiradi.
20 fevral kuni Senatning to‘rtinchi yalpi majlisida «O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qonun ko‘rib chiqildi. Senatorlar bir ovozdan ushbu qonunni ma’qulladi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu hujjat bilan belgilanayotgan asosiy vazifalarning bajarilishi ustidan parlament nazoratini amalga oshirish maqsadida parlament komissiyasi tashkil etilishi nazarda tutilmoqda.

Ma’lumot uchun, joriy yil 31 yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan ishlab chiqilgan «Fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi» birinchi o‘qishda konseptual jihatdan ma’qullanib, 9 fevralga qadar jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan edi.
Konsepsiya loyihasi bo‘yicha muhokamalarda aholidan 400 tadan ortiq izohlar, taklif va tavsiyalar kelib tushgan, ularning 200 dan ortig‘i ijobiy ekani aytilgan.
11 fevral kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida mazkur qonun loyihasi hamda Konsepsiya loyihasi ikkinchi va uchinchi o‘qishlarda qabul qilingan edi.
Hujjat prezident tomonidan imzolangach kuchga kiradi.
Mavzuga oid
17:55 / 09.06.2026
«Svetofor - yo‘lchiroq, parol - o‘ron» - deputatlar yangi qonunni ma’qulladi
21:24 / 03.12.2025
Tanzila Norboyeva Budapeshtda Vengriya prezidenti va Milliy Assambleyasi raisi bilan uchrashdi
20:23 / 12.11.2025
Markaziy Osiyo yetakchi ayollari muloqoti majlisida Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi
10:04 / 12.05.2025