Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya Rossiyaga qarshi eng katta sanksiyalar paketini joriy etadi
Yangi sanksiyalar paketi 24 fevral kuni - Ukrainaga qarshi boshlangan urushga uch yil to‘lishi munosabati bilan e’lon qilinadi.
Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Lemmi 24 fevral kuni London Rossiyaga nisbatan eng yirik sanksiyalar paketini e’lon qilishini aytdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, Ukraina va Yevropa «kritik vaziyatda» turibdi.
«Ertaga men Rossiyaga qarshi mojaro boshlanganidan beri joriy etiladigan eng katta sanksiyalar paketini e’lon qilaman», — deydi Lemmi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozir «talabni kuchaytirishning ayni vaqti».
Buyuk Britaniya TIV rahbari, shuningdek, «barqaror, adolatli tinchlikka» erishish uchun AQSh va Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik qilish niyatini bildirdi. Fevral boshlarida Britaniya bosh vaziri kanselyariyasi Kir Starmer Rossiya energetika kompaniyalariga qarshi sanksiyalarni muhokama qilishi haqida ma’lumot bergandi.
24 fevral kuni — Ukrainaga qarshi jangovar harakatlar boshlanganiga uch yil to‘lishi munosabati bilan Yevropa Ittifoqi sanksiyalarning 16-paketini joriy etadi. Bu safar boshqa narsalar qatorida alyuminiy va neft eksportiga ham cheklovlar qo‘llanadi.
Avvalroq Yevropa davlatlari Ukrainaga kamida 20 milliard yevrolik harbiy yordam paketi ustida ishlayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Yevropa Ittifoqi shu tariqa AQShning Rossiya bilan yaqinlashuvi fonida Kiyevni qo‘llab-quvvatlashga harakat qilmoqda. Paketga, xususan, artilleriya snaryadlari, havo hujumidan mudofaa tizimlari, raketalar kiradi.
Mavzuga oid
19:31
Buyuk Britaniya Rossiya «yashirin floti» tankerini qo‘lga oldi
08:50 / 08.06.2026
SIPRI: dunyoda yadroviy qurollar soni yana o‘sishi mumkin
08:44 / 08.06.2026
Yevropa yetakchilari va Zelenskiy tinchlikning besh shartini e’lon qildi
16:53 / 04.06.2026