Isroil Madrimov WBC Interim kamari uchun kechgan jangda mag‘lub bo‘ldi

Foto: DAZN
Saudiya Arabistonida navbatdagi professional boks kechasi o‘tkazildi.
Oqshomda super yarim o‘rta vaznda WBC Interim kamari uchun ham chempionlik jangi ham bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zbekistonlik Isroil Madrimov (10-2-1, 7 KO) vaqtinchalik chempion Virjil Ortisga (23-0, 21 KO) qarshi ringga ko‘tarildi va jang to‘liq 12 raund davom etdi. Yakunda hakamlarning barchasi ochkolar bo‘yicha amerikalik 26 yoshli bokschining g‘alabasini qayd etishdi — 111:117, 113:115, 113:115.
Shu tariqa Madrimov qatorasiga ikkinchi chempionlik jangini ochkolar soniga ko‘ra boy berdi.
30 yoshli bokschi bungacha 4 avgust kuni Los-Anjyelesda amerikalik Terens Kroufordga ochkolar bo‘yicha yutqazib, kamarni boy berib qo‘ygandi.
Madrimovning tayyorgarlik jarayonlarini kuzatgan manba Tribuna.uzʼga xabar berishicha, 30 yoshli bokschi bir necha oy avval kuchli gripp bo‘lgan va shundan so‘ng o‘zining optimal sport formasiga qaytishga qiynalgan. U janggacha bo‘lgan sparringlarda ham o‘zini yaxshi his qilmagan.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Urishib ketgan Tramp va Mask, yakunlangan Haj ziyorati va Isroilga qurol yetkazishni to‘xtatishni talab qilgan nemislar – kun dayjesti
Jahon | 15:48
-
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27
-
Malayziya O‘zbekistonda avtoyo‘llar holati bo‘yicha ma’lumot bazasini yaratadi
O‘zbekiston | 15:06
-
AEXA Suriyadagi yadroviy inshootlarni tekshirishga ruxsat oldi
Jahon | 14:42
Mavzuga oid

17:39 / 09.12.2024
Isroil Madrimov bilan Sergey Bogachuk jangi bekor qilindi

10:17 / 09.10.2024
Isroil Madrimovning keyingi raqibi va jang sanasi ma’lum qilindi

14:49 / 08.08.2024
Muxlislar uchun chempion. Madrimov tantanali kutib olindi

11:34 / 06.08.2024