14 sentabrga ötar keçasi AQŞning Nevada ştati, Las-Vegas şahridagi turnirda amerikalik Terens Krouford ikkinçi örta vazn toifasida (-76,2 kg) mutlaq jahon çempionligi uçun meksikalik Saul «Kanelo» Alvares bilan ringga çiqdi.
Jang yakunida hakamlar qaroriga köra Terens ğalabani qölga kiritdi va super örta vazn toifasida jahon çempioniga aylandi. 12 raunddan keyin hakamlar 115:113, 115:113, 116:112 hisobini qayd etişdi.
Krouford uçun bu vazn toifasidagi birinçi jang edi, u bu jang uçun qariyb 10 kg vazn qöşgandi, lekin bu unga jiddiy muammo tuğdirmadi.
Endi tarixiy rekord örnatdi – zamonaviy boks tarixida Terensdan oldin heç kim erkaklar örtasida uçta divizionda mutlaq jahon çempioni böla olmagan.
Bu – Krouford çempionlikka erişgan 5-vazn toifasi. U bundan avval yengil, birinçi yarim örta, yarim örta va birinçi örta vazn divizionlarida çempion bölgan. Yarim örta va birinçi yarim örta vazn toifasida esa Terens mutlaq çempionga aylangan.
37 yoşli Krouford hamon yengilmas bölib qolmoqda, u faoliyatidagi 42 jangning barçasida ğalaba qozongan. Uning oxirgi 20 jangi çempionlik jangi bölmoqda.
35 yoşli Alvares esa uçinçi bor mağlubiyatga uçradi. Uning hisobida 63 ğalaba va ikki durang ham bor. Uning uçun bu jang öz divizionida beşinçi bor multaq jahon çempionlik tituli himoyasi edi.








