Toshkentda tarovih namozi vaqtida bir qancha ko‘chalar yopiladi
Toshkent shahrida 28 fevraldan boshlab tarovih namozi o‘qiladigan vaqtda - soat 18:00 dan 24:00 ga qadar masjidlar yaqinidagi yo‘llar yopiladi.

Foto: Kun.uz
Ramazon oyi kechalaridagi tarovih namozi munosabati bilan joriy yilning 28 fevral kunidan boshlab har kuni soat 18:00 dan 24:00 ga qadar masjidlar yaqinidagi yo‘llar transport vositalari harakati uchun cheklanadi.
Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘yicha:
-Tepa masjidi - Do‘rmon yo‘li ko‘chasidan Olimlar ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.
Bektemir tumani bo‘yicha:
-Alibek masjidi - M.Avezov ko‘chasidan X.Boyqaro ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.
Yashnobod tumani bo‘yicha:
-Islom ota masjidi - Farg‘ona yo‘li ko‘chasi ikkinchi darajali yo‘ldan Zarkent va Obishir ko‘chalariga qadar harakat cheklanadi.
-Ali ibn Abu Tolib masjidi - Cho‘lpon ko‘chasidan Salohiyat ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.
Mirobod tumani bo‘yicha:
-Valixo‘ja o‘g‘li Norxo‘ja masjidi - Yangi-Qo‘yliq-Fayziobod ko‘chalari kesishgan chorrahadan 5-tor Fayziobod ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.
-Qo‘yliq ota masjidi - THAY-Qo‘yliq ota ko‘chalari kesishgan chorrahadan Yangi Qo‘yliq tor ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.
Sergeli tumani bo‘yicha:
-Ma’ruf ota masjidi - Choshtepa ko‘chasidan 1-tor Choshtepa ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.
-No‘g‘ayqo‘rg‘on masjidi - Yangi Sergeli–S.Xo‘janov ko‘chalari kesishmasidan- S.Xo‘janov Mohidil ko‘chalari kesishmasigacha qadar harakat cheklanadi.
Yakkasaroy tumani bo‘yicha:
-Usmon bin Maz’um masjidi - KHAY-Fayzli Toshkent chorrahasidan KHAY-Qushbegi chorrahasigacha harakat cheklanadi.
-Yakkasaroy masjidi - Sh.Rustaveli-Yakkasaroy chorrahasidan Yakkasaroy-Bog‘ibo‘ston chorrahasiga qadar harakat cheklanadi.
-Rakat masjidi - J.Shoshiy ko‘chasidan Askiya ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.
Yangihayot tumani bo‘yicha:
-Niyozmat ota masjidi - THAY-Binokor chorrahasidan Pastdarxon mahallasiga kirish qadar harakat cheklanadi.
Shayxontohur tumani bo‘yicha:
-Shayx Zayniddin (Ko‘kcha) masjidi - Ko‘kcha Darvoza-Nurafshon chorrahasidan Ko‘kcha Darvoza Beshqayrag‘och chorrahasiga qadar harakat cheklanadi.
-Kamolon masjidi - Bunyodkor-Kamolon chorrahasidan Kamolon-2-tor Ustazoda chorrahasiga qadar harakat cheklanadi.
Olmazor tumani bo‘yicha:
-Hazrati imom masjidi - Nurafshon-Qorasaroy chorrahasidan Qorasaroy-A.Qodiriy chorrahasiga qadar harakat cheklanadi.
-Islomobod masjidi - KHAY-Sag‘bon chorrahasidan Nurafshon-Sag‘bon chorrahasiga qadar harakat cheklanadi.
-Do‘stjonboy (Sulola) masjidi - Sag‘bon-12-tor Sag‘bon chorrahasidan Keles yo‘li-Noraztepa chorrahasiga qadar harakat cheklanadi.
Yunusobod tumani bo‘yicha:
-Mirza Yusuf masjidi - Bog‘ishamol ko‘chasida Shivli ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.
Uchtepa tumani bo‘yicha:
-Abdulloh ibn Mas’ud (Katta Qani) masjidi - Katta Qani aylanmasidan Lutfiy-Katta Xirmontepa ko‘chasi chorrahasiga qadar harakat cheklanadi.
-Hazrati Ali masjidi - Nazarbek-Mahorat chorrahasidan Nazarbek-1-tor Zamaxshariy ko‘chasigacha qadar harakat cheklanadi.
Chilonzor tumani bo‘yicha:
-Novza masjidi - Bunyodkor-Muqimiy ko‘prigi tagidan 2-darajali yo‘l, Bunyodkor-Kamolon ko‘prigiga qadar harakat cheklanadi.
-Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf masjidi - Al-Xorazmiy-Gavhar chorrahasidan So‘galli ota ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.
-Ubay ibn Ka’f (Bo‘rijar) masjidi - Al-Xorazmiy-Katta Xirmontepa chorrahasidan, Al-Xorazmiy ko‘chasi bo‘ylab, Al-Xorazmiy-Katta Qani chorrahasiga qadar harakat cheklanadi.
Ushbu ko‘chalarda faqatgina maxsus transport vositalarining harakatlanishiga ruxsat etiladi.
Mavzuga oid

23:43 / 27.03.2025
Toshkentda ayrim avtobus yo‘nalishlariga o‘zgartirish kiritildi

21:02 / 26.03.2025
Toshkentning ayrim hududlarida 7 apreldan 16 maygacha ichimlik suvi ta’minoti to‘xtatiladi

15:11 / 26.03.2025
Toshkentga 6 mingga yaqin chiqindi qutilari yetishmaydi - Ekologiya boshqarmasi

18:10 / 25.03.2025