Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShdan yana 10 nafar O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilinadi
AQSh deportatsiya qilayotgan yana 10 nafar O‘zbekiston fuqarosi shu hafta Nyu-Yorkdan Toshkentga yetib keladi.
Joriy haftada yana 10 nafar O‘zbekiston fuqarosi Nyu-Yorkdan Toshkentga deportatsiya qilinishi kutilmoqda, dedi mamlakat TIV matbuot kotibi Ahror Burxonov.
AQSh ushbu fuqarolarni Kosta-Rikaga jo‘natishi rejalashtirilgan edi, biroq O‘zbekiston va Amerika tomonlari o‘rtasidagi muzokaralar natijasida ularning vataniga qaytishi bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Avvalroq AQSh Kosta-Rikaga deportatsiya qilmoqchi bo‘lgan yetti nafar fuqaro O‘zbekistonga yetib kelgandi.
O‘zbekiston tomoni o‘z fuqarolarini Qo‘shma Shtatlardan xavfsiz deportatsiya qilish masalalari bo‘yicha AQSh va Lotin Amerikasi davlatlari rasmiylari bilan aloqada bo‘lib turgani xabar berilgan.
«Bizning kelishuvlarimizga asosan, Amerika tomoni deportatsiya qilinadigan fuqarolarimizning har bir holati haqida tezkorlik bilan xabardor qiladi. O‘rnatilgan amaliyotga ko‘ra, fuqarolarimiz vatanga Nyu York–Toshkent yo‘nalishi orqali qaytadi», — degan TIV vakili.