Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ufada neftni qayta ishlash zavodi yonib ketdi
Ufa neftni qayta ishlash zavodida kuchli yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar berdi Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi. Mash Telegram-kanali uchuvchisiz uchoq hujumi yuz bergan bo‘lishi mumkinligi haqida yozdi.
Ufa neftni qayta ishlash zavodida ("Bashneft") yong‘in kuzatilmoqda. Bu haqda 3 mart, dushanba kuni Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi hududiy bosh boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
«Bugun tunda Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining kuch va vositalari Ufa neftni qayta ishlash zavodi hududida sodir bo‘lgan yong‘in haqida yuqori darajadagi xabar bo‘yicha jo‘nab ketdi», — deya «Interfaks» agentligi matbuot xizmatidan iqtibos keltirmoqda.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘in yoqish pechi hududida sodir bo‘lgan.
Idoraning ta’kidlashicha, yaqin atrofdagi aholi uchun xavf yo‘q. Voqea joyiga havo sifatini nazorat qilish uchun laboratoriya yuborilgan.
Mash: Fuqarolar dronlar shovqinini eshitgan
Mash Telegram-kanaliga ko‘ra, zavodda portlash sodir bo‘lgan va undan oldin «fuqarolar dronlar shovqinini eshitishgan». Hatto kvartiralarda ham silkinishlar sezildi, deya qo‘shimcha qilindi.
SHOT Telegram-kanaliga ko‘ra, yong‘in 100 kvadrat metr maydonni qamrab olgan, qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q. Kanal shuningdek, portlash haqida xabar bergan. «Qattiq ovozdan avtomobillar signallari ishlab ketdi», deyiladi xabarda.
Yong‘in boshlanganidan bir necha soat o‘tgach, Favqulodda vaziyatlar vazirligining Boshqirdiston departamenti yong‘in o‘chirilgani haqida xabar berdi. Qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q.
Mavzuga oid
13:44 / 20.04.2026
10 mlrd qarzi bilan tugatilgan zavod: “Toshkent yog‘-moy kombinati”ning ishchilari chorasiz qoldirildi
09:17 / 08.02.2026
Ufada o‘smir xorijlik talabalar yashaydigan yotoqxonaga pichoq bilan hujum qildi
13:48 / 05.12.2025
Gomeldagi idish-tovoq zavodi RF uchun harbiy dronlar yetkazib beryapti
11:07 / 04.11.2025