Isroil: G‘azoda bir necha oyga yetadigan oziq-ovqat bor
G‘azo sektorida oziq-ovqat yetarli, biroq Hamas a’zolari uni tinch aholiga bermayapti, deya ma’lum qildi Isroil vazirlar mahkamasi. Jangchilar o‘t ochishni to‘xtatish rejimini uzaytirishdan bosh tortmoqda va tinchlik bitimining ikkinchi bosqichiga o‘tishni talab qilmoqda.

Foto: Hussam Al-Masri/REUTERS
G‘azo sektorida oziq-ovqat va zaxiralar yetarli, biroq Hamas a’zolari ularni tinch aholiga bermayapti. Bu haqda Isroil hukumati matbuot kotibi Devid Menser 3 mart, dushanba kuni Quddusda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Isroil sektorga yuk tashishni to‘xtatganiga izoh berib aytib o‘tdi.
«G‘azoda oziq-ovqat va zaxiralar yetarli. O‘t ochishni to‘xtatish davrida u yerga haftasiga 4200 yuk mashinasi kirib kelgan. Bu ko‘p oylarga yetadi», — deya Menser so‘zlarini keltiradi Reuters.
Vazirlar mahkamasi vakili Hamas a’zolarini o‘z jangchilari uchun oziq-ovqat yashirganlikda va uni sektorning oddiy aholisi bilan baham ko‘rmaganlikda aybladi. «Ularda semirib ketish epidemiyasini keltirib chiqarish uchun yetarli oziq-ovqat bor. Lekin siz semirayotganini ko‘rayotgan odamlar faqat Hamas a’zolaridir», — deya Menser so‘zlarini keltirgan AFP. Uning so‘zlariga ko‘ra, «Hamasda hech kim ochlikdan aziyat chekmayapti», «ta’minot bor, lekin Hamas bo‘lishmayapti».
Netanyahuning nutqi va Knessetdagi mushtlashuv
Bosh vazir Binyamin Netanyahu kecha Knessetda nutq so‘zladi. «Hamasga aytaman: garovga olinganlarni ozod qilmasangiz, bu siz tasavvur qila olmaydigan oqibatlarga olib keladi», dedi u.
Jerusalem Post xabariga ko‘ra, shu vaqtda parlament binosida mushtlashuv boshlangan. 7 oktyabrdagi xunrezlik qurbonlarining bir necha o‘nlab qarindoshlari qo‘riqchilar bilan to‘qnashgan. Kamida ikki kishi jarohat olgan.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” bilan Sharm-el-Sheyxga: hammaga mos keladigan ritm
O‘zbekiston | 17:00 / 24.05.2025
-
«Bernabeu» Modrich va Anchelotti bilan xayrlashdi. «Real» fanatlari ko‘z yoshlarini tiya olmadi
Sport | 09:45
-
AQSh bilan viza muzokarasi, Rossiyaning talablari va bilimli yoshlarga mukofot - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 09:39
-
Fransiya sudi Durovga Norvegiyadagi forumda ishtirok etishiga ruxsat bermadi
Jahon | 23:21 / 24.05.2025
Mavzuga oid

08:23 / 23.05.2025
AQShda isroilliklarni otib o‘ldirgan shaxsga ayblov qo‘yildi

16:51 / 22.05.2025
Vashingtonda Isroil elchixonasining ikki xodimi otib o‘ldirildi

10:48 / 22.05.2025
BMT G‘arbiy sohilda diplomatlarga qarata o‘q uzilganini qoraladi

10:15 / 22.05.2025