Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha «Afrosiyob» poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
Qo‘shimcha qatnovlar Navro‘z va Ramazon hayiti bayramlari munosabati bilan yo‘lga qo‘yilmoqda. Poyezdlar Samarqanddan ertalabki 10:55 da, Toshkentdan esa tushdan keyin 13:56 da yo‘lga chiqishi ko‘zda tutilgan.
Samarqand—Toshkent—Samarqand yo‘nalishida «Afrosiyob» poyezdining qo‘shimcha qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, «Afrosiyob» elektropoyezdi qatnovi Navro‘z va Ramazon hayiti bayramlari munosabati bilan yo‘lga qo‘yilmoqda.
Qo‘shimcha qatnovlar 20, 21, 22, 23, 24, 25, 29, 30, 31 mart va 1 aprel kunlari amalga oshiriladi.
Qatnov jadvali quyidagicha:
775-sonli Samarqand—Toshkent yo‘nalishi
- Samarqand 10:55 — Toshkent 13:15.
776-sonli Toshkent—Samarqand yo‘nalishi
- Toshkent 13:56 — Samarqand 16:14.
Eslatib o‘tamiz, dekabr oyida «O‘zbekiston temiryo‘llari» AJ tomonidan respublika oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarga qishki ta’til mobaynida mahalliy yo‘nalishdagi qatnovlar uchun chegirmalar e’lon qilingandi. Ammo chiptalar sotiladigan elektron platformada Toshkent — Urganch, Toshkent — Buxoro, Toshkent — Nukus yo‘nalishlarida 23–31 dekabr sanalaridagi barcha chiptalar allaqachon qolmagani ma’lum bo‘lgan edi.
Mavzuga oid
23:04 / 13.06.2026
Samarqandda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun test markazi ochiladi
10:50 / 12.06.2026
Samarqandning olis tumanlariga investitsiyalar jalb etiladi
17:46 / 10.06.2026
Samarqand tumanlari qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va qayta ishlash sanoatiga ixtisoslashgan hudud sifatida rivojlantiriladi
17:45 / 05.06.2026