Jamiyat | 08:26 / 05.03.2025
2291
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentning to‘rt tumanida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Toshkent shahrining Yashnobod, Mirobod, Olmazor va Shayxontohur tumanlarining ayrim hududlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. 

Foto: SimonSPb / Shutterstock

“Hududgaz poytaxt” ma’lum qilishicha, Yashnobod tumani, Farg‘ona yo‘li ko‘chasidan o‘tuvchi o‘rta bosimli gaz quvuridagi gaz sizib chiqish holatini bartaraf etish maqsadida Yashnobod va Mirobod tumanlarining ayrim hududlarida 5 mart 12:00 dan 6 mart 08:00 gacha tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Yashnobod tumani

Aholi iste’molchilari: “Obisher” MFYdagi 16 ta ko‘p qavatli uy va 370 ta yerli xonadon, “Assalom sohil”dagi 20 ta ko‘p qavatli uy. “M. Ashrafiy” MFYdagi 120 ta yerli xonadon. Ulgurji iste’molchilar soni: 35 ta.

Mirobod tumani

Aholi iste’molchilari: “Qorasuv” MFYdagi 38 ta ko‘p qavatli uy, “Tong yulduzi” MFYdagi 14 ta ko‘p qavatli uy va 125 ta yerli xonadon. Ulgurji iste’molchilar soni: 25 ta. Shuningdek, Mirobod tumanidagi “Oltinko‘l”, “Furqat” va “Yangi zamon” MFYlarida bosim pasayishi ehtimoli mavjud.

Bundan tashqari, ta’mirlash ishlari tufayli Olmazor va Shayxontohur tumanlarining ayrim hududlariga 5 mart kuni soat 10:30 dan 15:00 gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi.

Aholi iste’molchilari soni: “Hastimom” MFYdagi 135 ta yerli xonadon. Ulgurji iste’molchilar soni: 1 ta.

Shayxontohur tumani

Aholi iste’molchilari soni: “Gulbozor” MFYdagi 80 ta yerli xonadon va 54 ta ko‘p qavatli uy. Ulgurji iste’molchilar soni: 1 ta

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Mavzuga oid

E`lonlar