Germaniyada «reyxsbyurgerlar» harakati a’zolariga hukm o‘qildi
Harakat a’zolari davlat to‘ntarishiga tayyorgarlik ko‘rishda aybdor deb topildi.

Foto: DPA
Koblens Oliy mintaqaviy sudi Germaniya Federativ Respublikasi mavjudligini tan olmaydigan va davlat to‘ntarishiga tayyorgarlik ko‘rgan «Reyxsbyurgerlar» harakatining besh nafar a’zosiga hukm o‘qidi. Ayblanuvchilar 2 yilu 10 oydan 8 yilgacha qamoq jazosini oldi, deb xabar berdi Tagesspiegel.
Harakat ishtirokchilari ustidan sud jarayoni 2024 yil may oyida boshlangan. «Reyx fuqarolari» deb nomlangan terrorchilik tashkiloti a’zolarini qo‘lga olish bo‘yicha maxsus operatsiya 2022 yil dekabrida bo‘lib o‘tgan. Shunda nemis zodagon oilasi vakili shahzoda Genrix XIII Roys boshchiligidagi o‘ng radikallar guruhining bir necha a’zolari hibsga olingan edi. Sudlanuvchilar orasida shahzodadan tashqari sobiq sudya, sobiq parlament a’zosi va bir qancha iste’fodagi harbiy xizmatchilar – jami to‘qqiz kishi bor.
2024 yil noyabrida sud harakat ishtirokchilaridan birini ikki yarim yilga ozodlikdan mahrum qildi. Tez orada yana ikki mahbus, jumladan harakat rahbari Genrix Roysga nisbatan sud qarorlari chiqishi kutilmoqda.
«Reyxsbyurgerlar» Germaniya Federativ Respublikasini tan olmaydi va o‘zini «Germaniya reyxi» fuqarolari deb biladi. Ular mavjud bo‘lmagan imperiya uchun muqobil «shaxsni tasdiqlovchi kartalar» va «haydovchilik guvohnomalari» yaratgan. Harakat 1980 yillarda paydo bo‘lgan. 2017 yilda Germaniyada uning tarafdorlari soni 16 mingdan oshdi.
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Klasiko intrigalari. «Barsa»da ham bo‘sh nuqtalar bor, «Real» esa hakamlarga jiddiy bosim uyushtirdi
Sport | 19:27
-
Saudiya Arabistoni Haj mavsumida o‘zbekistonliklarga elektron viza berishni to‘xtatib qo‘ydi
O‘zbekiston | 19:09
-
“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi
O‘zbekiston | 19:00
-
Xalqaro oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida shaxmat turniri o‘tkazildi
O‘zbekiston | 17:00
Mavzuga oid

17:08 / 17.04.2025
Suriyada davlat to‘ntarishiga urinishning oldi olindi

11:41 / 17.04.2025
138 nafar Afg‘oniston fuqarosi bo‘lgan yana bir reys Germaniyaga yetib keldi

21:45 / 16.04.2025
Germaniyada shifokor 15 nafar bemorni o‘ldirganlikda gumonlanmoqda

15:51 / 16.04.2025