Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin: Rossiya Ukrainadagi vaziyatda hech kimga yon bosmoqchi emas
Rossiya prezidenti Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lmasligi ham o‘t ochishni to‘xtatish shartlaridan biri ekanini ta’kidladi.
Vladimir Putin Rossiyaga Ukraina bo‘yicha tarixiy istiqbol uchun xotirjamlikni va xavfsizlik sharoitlarining barqaror rivojlanishini ta’minlaydigan tinchlik varianti kerakligini ma’lum qildi. U Rossiya tomonidan bu masalada biror-bir yon bosish bo‘lmasligini ta’kidladi.
«Biz o‘zimizga mos keladigan shunday tinchlik variantini tanlashimiz kerakki, u uzoq tarixiy istiqbolda mamlakatimiz uchun tinchlikni ta’minlasin. Bizga tinchlik va xavfsizlik sharoitida mamlakatimizning barqaror rivojlanishini ta’minlaydigan variant kerak. Bizga birovning hech narsasi kerak emas, ammo o‘zimiznikini ham berib qo‘ymaymiz», — dedi Rossiya prezidenti «Vatan himoyachilari» fondi xodimlari bilan uchrashuvda.
Vladimir Putin o‘t ochishni to‘xtatish shartlari sifatida DXR va LXR hududlari, Xerson va Zaporojye oblastlaridan Ukraina Qurolli kuchlarining olib chiqib ketilishi, shuningdek, Ukrainaning NATOga qo‘shilishdan voz kechishini sanab o‘tdi. Rossiya hukumati hududiy yon bosishlar imkoniyatini istisno etdi. Shu bilan birga, Ukraina Yevropa ushbu mamlakat hududiga tinchlikparvar kuchlarni joylashtirishni taklif qilayotgan xavfsizlik kafolatlarini talab qiladi. Moskva yevropalik tinchlikparvar kuchlar to‘g‘risidagi g‘oyani rad etdi.
Avvalroq Fransiya, Britaniya va Yevropaning boshqa davlatlari o‘t ochishni to‘xtatish rejimini ta’minlash uchun Ukrainaga qo‘shin yuborishga tayyorligi to‘g‘risida xabar berilgandi. Telegraph nashri ma’lumotlariga ko‘ra, London va Parij Ukrainaga kamida 30 ming yevropalik harbiyni yuborishni nazarda tutuvchi qo‘shma tinchlikparvarlik rejasini ishlab chiqqan.