Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston tumaniga yangi hokim tayinlandi
Tumanga 2021 yil fevralidan buyon rahbarlik qilib kelgan Sherzod Yo‘ldoshev lavozimidan ozod etilgan. Uning o‘rnini Ravshanbek Begmatov egalladi.
Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi
Bugun, 11 mart kuni Xalq deputatlari O‘zbekiston tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiya ishida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etdi.
Sessiyada lavozimidan ozod etilgan Sherzod Yo‘ldoshev o‘rniga yangi tuman hokimini tayinlash bilan bog‘liq tashkiliy masala ko‘rildi.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov tomonidan taqdim etilgan Begmatov Ravshanbek Berdaliyevich nomzodi O‘zbekiston tumani deputatlari tomonidan yakdillik bilan qo‘llab-quvvatlandi.
Ravshanbek Begmatov hozirga qadar Suv xo‘jaligi vazirligi irrigatsiya tizimlaridan va yirik gidrotexnika inshootlaridan foydalanish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan. U endi 2021 yil fevralidan buyon tumanga rahbarlik qilgan Sherzod Yo‘ldoshev o‘rnini egalladi.
Mavzuga oid
17:08 / 04.12.2025
Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi etib tasdiqlandi
15:55 / 02.12.2025
Ulug‘bek Mustafoyev Jizzax viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi
14:45 / 28.11.2025
Farg‘onada 1,5 mlrd so‘mlik hujjatsiz dori savdosi fosh etildi
12:48 / 27.11.2025