Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada qariyb 54 ming qamoqxona noziri yetishmayotgani ma’lum bo‘ldi
Federal jazoni ijro etish xizmatida kadrlar yetishmovchiligi 23 foizga yetgan. Tizimda ishdan bo‘shayotganlar soni xizmatga qabul qilinayotganlardan 30 foizga ko‘p.
Rossiya Federal jazoni ijro etish xizmatida (FSIN) kadrlar yetishmovchiligi 23 foizga yetdi — bu 53 ming 975 ta vakant lavozim borligini anglatadi.
Idora direktori Arkadiy Gostevning so‘zlariga ko‘ra, kadrlar yetishmovchiligi ayniqsa, alohida hududiy bo‘linmalarda kuzatilmoqda. Xususan, 16 ta mintaqada kichik boshqaruv kadrlarining yetishmovchiligi 40 foizga, 29 tasida esa 30 foizdan oshadi. Tula oblastida bo‘lsa vaziyat yanada murakkab: u yerdagi lavozimlarning 55 foizdan ortig‘i bo‘sh. Smolensk oblastidagi ta’lim va rejim bo‘linmalarida deyarli har ikkinchi vakansiya yopilmagan, Moskvada esa qo‘riqlash bo‘linmalarida shu kabi holat kuzatilmoqda.
«Umumiy vaziyat shundayki, ishdan bo‘shatilayotgan xodimlar soni xizmatga qabul qilinayotganlardan 30 foizga ko‘p. Ishdan bo‘shatilgan xodimlarning 45 foizdan ortig‘i pensiyaga yoshiga yetmagan», — deydi Gostev.
Kadrlar yetishmovchiligi borasidagi vaziyat Rossiya Ichki ishlar vazirligida ham kuzatilmoqda. IIV tizimida kadrlar yetishmovchiligi 172 ming kishini tashkil etadi. O‘z navbatida Putin kadrlar muammosi va politsiyachilarning pul ta’minoti masalasini hal etishni buyurgan.
Shunga qaramay, Rossiya aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan politsiyachilar soni bo‘yicha dunyoda yetakchi. 2024 yilda har 100 ming rossiyalikka 643 nafar IIV xodimi to‘g‘ri kelgan. Taqqoslash uchun: Xitoy, Hindiston va AQShda ushbu ko‘rsatkich mos ravishda 120, 128 va 256 nafarni tashkil etadi.
Mavzuga oid
19:29 / 22.09.2025
Rossiya har qanday tahdidlarga javob berishga qodir – Putin
15:20 / 22.09.2025
Qrim «hokimiyati» Ukraina Forosga zarba berganini ma’lum qildi
14:35 / 22.09.2025
Germaniya Boltiq dengizidagi Rossiya samolyoti tufayli qiruvchilarini havoga ko‘tardi
12:25 / 22.09.2025