Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
SpaceX Crew Dragon'ning XKSga startini so‘nggi daqiqada kechiktirdi
Crew Dragon boshqariladigan kosmik kemasi starti yerdagi kompleksning gidravlik tizimidagi muammo tufayli qoldirildi. Missiya NASA astronavtlari Uilmor va Uilyamsni Yerga qaytarishi kutilmoqda.
Amerikalik milliarder Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi Crew Dragon boshqariladigan kosmik kemasining Xalqaro kosmik stansiya (XKS)ga parvozini startdan bir soatdan kamroq vaqt oldin qoldirdi. 12 mart kechki paytga rejalashtirilgan parvoz yerusti kompleksining gidravlik tizimidagi muammo tufayli bekor qilindi, deb xabar berdi jonli efirda sharhlovchi. Endi u 14 mart kuni kechqurun amalga oshirilishi mumkin.
Crew Dragon ekipaji tarkibida rossiyalik kosmonavt Kirill Peskov, NASA astronavtlari Enn MakKleyn va Nikol Ayyers hamda JAXA astronavti Takuya Onishi bor edi. Bu jamoa XKSdagi oldingisining o‘rnini egallashi kerak edi.
Crew Dragon kosmik kemasiga ega Falcon-9 raketasi NASA'ning Florida shtati Kennedi koinot markazidagi 39A raketa maydonidan parvoz qilishi kerak edi. XKS Amerika segmentining Harmony moduliga ulanish 13 mart kuni soat 13:00 ga rejalashtirilgan edi. Parvozni bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda ekipaj bortda bo‘lgan.
Mavzuga oid
21:42 / 12.06.2026
Ilon Mask - insoniyat tarixidagi birinchi trillioner
16:26 / 12.06.2026
Ilon Mask dunyodagi ilk trillionerga aylanish arafasida: SpaceX aksiyalari sotuvga chiqyapti
08:50 / 12.06.2026
SpaceX tarixdagi eng yirik IPOʻni amalga oshirdi
08:30 / 08.06.2026