Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Imom Moturidiy tavalludi keng nishonlanadi
Buyuk vatandosh, islom ilmlari rivojiga ulkan hissa qo‘shgan benazir alloma, kalom ilmining sultoni Imom Abu Mansur Moturidiyning tavalludiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkaziladi.
«Imom Moturidiy tavalludining 1155 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida»gi prezident qarori imzolandi.
Unga ko‘ra, 2025 yilda Imom Moturidiy tavalludining 1155 yilligi keng nishonlanadi.
2025 yil aprel oyida Samarqand shahrida “Moturidiylik – bag‘rikenglik, mo‘’tadillik va ma’rifat ta’limoti” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi.
Xorijlik tadqiqotchilar o‘rtasida moturidiylik ta’limoti bo‘yicha ilmiy tanlov o‘tkaziladi, g‘oliblar ishtirokida O‘zbekistonda madaniy-ma’rifiy uchrashuv va seminar-treninglar tashkil etiladi.
Imom Moturidiyning “Ta’vilot al-Qur’on” va “Kitob at-tavhid” asarlari va moturidiylik ta’limotiga oid manbalarning o‘zbek va xorijiy tillardagi ilmiy-izohli akademik tarjimalari nashr etiladi.
Imom Moturidiy tavalludining 1155 yilligiga bag‘ishlangan esdalik suvenirlari muomalaga chiqariladi hamda pochta markalari, taqvimlar, buyuk mutafakkirning hayoti va ilmiy merosini yoritib beradigan boshqa ko‘rgazmali axborot vositalari turkumi yaratiladi.
Imom Moturidiyning serqirra hayot yo‘li va ilmiy merosining bugungi kundagi ahamiyatini ochib beradigan badiiy-publitsistik film yaratiladi.
Samarqand viloyatida Imom Moturidiy va moturidiylik ta’limoti yo‘nalishida faoliyat olib borgan allomalarning hayoti, ilmiy va ijodiy merosiga bag‘ishlangan asarlarning nodir qo‘lyozma va nashr nusxalari hamda kitoblari ko‘rgazmasi tashkil etiladi.
Samarqand shahridagi Abu Mansur Moturidiy majmuasi qayta ta’mirlanadi va obodonlashtiriladi.
Mavzuga oid
23:04 / 13.06.2026
Samarqandda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun test markazi ochiladi
10:50 / 12.06.2026
Samarqandning olis tumanlariga investitsiyalar jalb etiladi
17:46 / 10.06.2026
Samarqand tumanlari qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va qayta ishlash sanoatiga ixtisoslashgan hudud sifatida rivojlantiriladi
17:45 / 05.06.2026