Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Praga Yevropa Ittifoqida "Ozodlik radiosi"ning kelajagini muhokama qilmoqchi
Chexiya tashqi ishlar vaziri 17 mart kuni o‘zining yevropalik hamkasblari bilan uchrashuvda Donald Tramp ma’muriyati moliyalashtirishni to‘xtatgan «Ozodlik» radiosi ishini davom ettirish masalasini ko‘taradi.
Foto: Reuters/Evgenia Novozhenina
Chexiya hukumati Qo‘shma Shtatlar moliyalashtirishidan mahrum bo‘lgan Pragada joylashgan "Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi"ning kelajagini Yevropa Ittifoqida muhokama qilmoqchi. 16 mart, yakshanba kuni Chexiya televideniyesi orqali tashqi ishlar vaziri Yan Lipavskiy: «Bunday eshittirishlarni davom ettirish Yevropa manfaatlariga javob beradi» dedi.
U 17 mart kuni Yevropa Ittifoqining boshqa davlatlaridan kelgan hamkasblari bilan uchrashuvda "Ozodlik radiosi" faoliyatini davom ettirish masalasini ko‘tarishini aytdi. "Ozodlik radiosi" Chexiya va Yevropa uchun nimani anglatishi haqida siyosiy fikr yuritish kerak, dedi Lipavskiy. «Bizning qo‘shnimizda totalitarizm gullab-yashnamasligi bizning manfaatlarimizga mos keladi», deya qo‘shimcha qildi u.
Mask «Ozodlik radiosi» va «Amerika ovozi»ni yopishga chaqirdi
Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) rahbari milliarder Ilon Mask "Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi" va "Amerika ovozi" media-korporatsiyalarini yopishga chaqirdi. Mask tegishli xabarni 9 fevral kuni X ijtimoiy tarmog‘ida joylashtirdi.
«Bular amerikalik soliq to‘lovchilarning yiliga 1 milliard dollar pulini behuda sarflab, o‘zi bilan o‘zi gaplashib o‘tiradigan radikal so‘l telbalar», dedi Mask. «Ha, ularni yopish kerak. Ularni hech kim eshitmayapti», deb qo‘shimcha qildi u.
Tavsiya etamiz
“Ona uchun yasalgan pechka” – migrantlikdan pechkachilikkacha
Jamiyat | 09:05 / 06.11.2025
Yaponiyada ayiqlar hujumidan 12 kishi vafot etdi. Ularga qarshi kurashga harbiylar jalb qilindi
Jahon | 19:21 / 05.11.2025
O‘zbekiston sentabrda dunyoda oltin sotgan yagona davlat bo‘ldi
Iqtisodiyot | 19:13 / 05.11.2025
Tramp nishonida - Venesuela. Nega?
Jahon | 18:30 / 05.11.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Imtiyozli suyultirilgan gazni noqonuniy sotishga urinish fosh etildi
Jamiyat | 11:42
-
Qozog‘iston Ibrohim kelishuvlariga qo‘shiladi
Jahon | 11:29
-
Rigada 10 mingga yaqin kishi Istanbul konvensiyasidan chiqishga qarshi namoyish o‘tkazdi
Jahon | 11:27
-
Shavkat Mirziyoyevning AQShga amaliy tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston | 11:07
Mavzuga oid
14:22 / 31.10.2025
Yevropalik yoshlarga YeI bo‘ylab sayohat uchun bepul chiptalar beriladi
21:05 / 28.10.2025
“Iqtisodiy jihatdan juda muhim kelishuv” - tahlilchilar YeI bilan yangi bitim haqida
22:01 / 26.10.2025
Yevropa Ittifoqi sanksiyalarga qaramay, Rossiyaning eng yirik savdo hamkorlari uchligiga kirdi
12:34 / 25.10.2025