Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijon xalqaro aeroporti 20 mart kuni ochiladi
Parvozlar seshanba va payshanba kunlari Toshkent – Andijon – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshiriladi.
20 martdan Andijon aeroporti muntazam yo‘lovchi qatnovlarini qabul qila boshlaydi. Birinchi reys Toshkent – Andijon – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshiriladi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.
Qayd qilinishicha, 18 mart kuni Silk Avia reyslari uchun chiptalar sotuvi boshlandi, ular ATR-72-600 samolyotlarida seshanba va payshanba kunlari quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:
- Toshkentdan jo‘nab ketish 11:20, Andijonga yetib kelish 12:20;
- Andijondan jo‘nash soat 13:00, Toshkentga yetib kelish soat 14:00.
Ta’kidlanishicha, kelgusida Andijon aeroportiga xalqaro reyslarni qayta yo‘lga qo‘yish ham rejalashtirilgan.
Avvalroq, Andijon aeroportida rekonstruksiyaning birinchi bosqichi yakunlandi, uning doirasida aerodrom majmuasining salmoqli qismi, jumladan, uzunligi 3300 metr va kengligi 60 metr bo‘lgan yangi 4Ye toifali uchish-qo‘nish yo‘lagi, yurish yo‘lagi va 3 ta samolyot to‘xtash joyi bo‘lgan perron qurilishi yakunlandi. Terminal binosining rekonstruksiyasi ikkinchi bosqichda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
08:51 / 20.06.2026
Andijonda 2,5 kilogrammga yaqin gashish musodara qilindi
18:11 / 12.06.2026
Uzbekistan Airways yonilg‘i tanqisligi tufayli O‘zbekistondan Rossiyaga ayrim parvozlarni qisqartiradi
14:04 / 11.06.2026
Toshkent–Andijon va Toshkent–Termiz yo‘nalishlarida yuqori tezlikdagi poyezdlar qatnovi reja qilinmoqda
13:28 / 11.06.2026