Rossiya va Tojikiston harbiy sohada Strategik hamkorlik dasturini imzoladi
Rossiya Tojikistonda joylashgan o‘z harbiy bazasi imkoniyatlaridan foydalangan holda mintaqada tinchlik va barqarorlikni saqlashga o‘z hissasini qo‘shishda davom etishi ta’kidlandi.

Foto: Vedomosti
Rossiya va Tojikiston ikki davlat mudofaa vazirliklari o‘rtasida 2026-2030 yillarga mo‘ljallangan harbiy sohada strategik hamkorlik dasturi hamda uni 2028 yilgacha amalga oshirish rejasini imzoladi. Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon Moskvaga rasmiy tashrifi chog‘ida bu boradagi hamkorlik to‘g‘risida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan kelishib oldi, deb xabar qildi uning matbuot xizmati.
Putin matbuotga bergan bayonotida Rahmon bilan muzokaralar chog‘ida Markaziy Osiyodagi xavfsizlik masalalari, xususan, Afg‘oniston hududidan kelayotgan tahdidlarni hisobga olgan holda muhokama qilinganini ta’kidladi. Rossiya prezidenti ta’kidlaganidek, uning mamlakati mintaqada tinchlik va barqarorlikni saqlashga, jumladan, Tojikistonda joylashgan 201-Rossiya harbiy bazasi imkoniyatlaridan foydalangan holda o‘z hissasini qo‘shishda davom etadi.
Siyosatchi 2023 yilda respublikaning tog‘li hududida chegara posti ochilganini ham eslatib o‘tdi. Bu inshoot Rossiya budjeti hisobidan qurilgan bo‘lib, eng zamonaviy texnik vositalar va qurollar bilan jihozlangan.
«Bugun biz bu yo‘nalishda ishlashni davom ettirishga kelishib oldik», deb xulosa qildi Putin.
Prezidentning qo‘shimcha qilishicha, tomonlar mudofaa, harbiy-texnikaviy, terrorizmga qarshi va giyohvandlikka qarshi hamkorlikni chuqurlashtirishga ham kelishib olgan.
Imomali Rahmon Markaziy Osiyo mintaqasidagi xavfsizlik mavzusiga ham to‘xtaldi. Uning qayd etishicha, Rossiya va Tojikiston maxsus xizmatlari va huquq-tartibot idoralari o‘rtasida yaqin va samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan va bu o‘tgan yilda aniq natijalarni bergan. Siyosatchi bu boradagi o‘zaro hamkorlik terrorizm, ekstremizm, radikalizmning ko‘rinishlari, transchegaraviy uyushgan jinoyatchilik, kiberjinoyatchilik va giyohvand moddalar savdosi kabi keng ko‘lamli masalalarni qamrab olganini aytdi.
Tojikiston rahbari Putin bilan muzokaralar natijalaridan qoniqish hosil qilganini alohida ta’kidladi.
«Tojikiston bundan keyin ham Tojikiston-Rossiya ittifoqchilik va strategik sheriklik munosabatlarining ulkan salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarishga intiladi», deb xulosa qildi Rahmon.
Tavsiya etamiz
Putin Rossiya Odessaga da’vo qilmasligi shartini aytgan – «Kommersant»
Jahon | 22:26 / 19.03.2025
Qozog‘istonda amaldorlar qamoqxonalarga ekskursiyaga olib borilmoqda
Jahon | 18:16 / 19.03.2025
Tramp: «Ukrainaga bosim o‘tkazishga majbur bo‘lgandik»
Jahon | 20:53 / 18.03.2025
Temu O‘zbekistonda yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tdi
O‘zbekiston | 20:25 / 18.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Germaniya Rossiyaning maxfiy floti tankerini musodara qildi
Jahon | 18:14
-
O‘zbekiston Afg‘onistonga qariyb 200 tonna insonparvarlik yordami yubordi
O‘zbekiston | 18:10
-
Pxenyan yangi turdagi zenit-raketa tizimini sinovdan o‘tkazdi
Jahon | 18:01
-
Levi's®ʼning O‘zbekistonga qaytishi: yangi konsepsiya, yangi qarash
Jamiyat | 18:00
Mavzuga oid

18:14
Germaniya Rossiyaning maxfiy floti tankerini musodara qildi

15:54
Putin Mirziyoyevni Navro‘z bayrami bilan tabrikladi

09:33
Ukraina va Rossiya 24 mart kuni Saudiya Arabistonida AQSh bilan uchrashadi

22:06 / 20.03.2025