YeI davlatlari «Ozodlik radiosi» uchun muqobil moliyalashtirish manbalarini qidiradi
Qo‘shma bayonotda ta’kidlanishicha, «Ozodlik radiosi» «Yevropa xavfsizligi uchun o‘z hissasini qo‘shmoqda» va uning yopilishi «Yevropaning raqiblariga sovg‘a bo‘ladi».

Foto: EPA
Yevropa Ittifoqining 10 ta davlati «Ozodlik radiosi»ni moliyalashtirish uchun muqobil manbalarni izlashga tayyorlik haqida qo‘shma bayonotni imzoladi.
Qayd etilishicha, bayonotga Avstriya, Beliya, Chexiya, Estnoya, Germaniya, Latviya, Litva, Niderlandiya, Sloveniya va Shvetsiya imzo chekkan. Unda aytilishicha, «Ozodlik radiosi» «ayniqsa, matbuot erkinligi tahdid ostida bo‘lgan hududlar fuqarolariga mustaqil, xolis va faktlarga asoslangan ma’lumot yetkazishda muhim rol o‘ynagan». «Sovuq urush davrida u «temir parda» ortidagi auditoriya uchun eng muhim ishonchli axborot manbai bo‘lib xizmat qilgan va ko‘plab mamlakatlarimiz tarixida muhim rol o‘ynagan», — deyiladi hujjatda.
Bayonot mualliflarining ta’kidlashicha, «Ozodlik radiosi» «Yevropa xavfsizligi uchun o‘z hissasini qo‘shmoqda» va uning yopilishi «Yevropaning raqiblariga sovg‘a bo‘ladi».
«Ozodlik radiosi»ni qo‘llab-quvvatlash tashabbusini Chexiya ilgari surdi. Politico ma’lumotlariga ko‘ra, aynan Praga 17 mart kuni Bryusselda o‘tkazilgan YeI tashqi ishlar vazirlari ushrashuvida ushbu masalani ko‘targan. Tashabbusni boshqa davlatlar ham qo‘llab-quvvatlagan.
Yevropa diplomatsiyasi rahbari Kaya Kallas YeIga «AQSh qoldirib ketayotgan bo‘shliqni to‘ldirish» oson bo‘lmasligini, chunki Yevroittifoqda «shu kabi iltimoslar bilan murojaat qilayotgan tashkilotlar ko‘pligini» ta’kidlagan.
14 mart kuni Donald Tramp yettita federal agentlikni, jumladan, «Amerika ovozi» va «Ozodlik radiosi»ni nazorat qiluvchi Global Media agentligini qisqartirishga oid farmonni imzoladi. Shundan keyin «Amerika ovozi» o‘z faoliyati to‘xtatilayotganini ma’lum qildi, uning xodimlariga esa ishdan bo‘shash to‘g‘risida rasmiy xabarnomalar jo‘natish boshlangan.
Tavsiya etamiz
Putin Rossiya Odessaga da’vo qilmasligi shartini aytgan – «Kommersant»
Jahon | 22:26 / 19.03.2025
Qozog‘istonda amaldorlar qamoqxonalarga ekskursiyaga olib borilmoqda
Jahon | 18:16 / 19.03.2025
Tramp: «Ukrainaga bosim o‘tkazishga majbur bo‘lgandik»
Jahon | 20:53 / 18.03.2025
Temu O‘zbekistonda yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tdi
O‘zbekiston | 20:25 / 18.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Pushkin” bekatidan TTZgacha yerusti va yerosti metro liniyasi tushishi ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 21:34
-
2024 yil migrantlar uchun eng halokatli yilga aylandi - Xalqaro migratsiya tashkiloti
Jahon | 21:30
-
Britaniya shahzodasi tankda Rossiya chegarasiga bordi
Jahon | 21:20
-
Reuters: BAA AQSh iqtisodiyotiga 1,4 trln dollar sarmoya kiritadi
Jahon | 20:39
Mavzuga oid

00:51
YeI AQSh tovarlariga javob bojlari joriy etishni aprel o‘rtalariga qoldirdi

13:34 / 19.03.2025
«Ozodlik radiosi» grant to‘xtatilgani uchun USAGM'ni sudga berdi

08:21 / 18.03.2025
IPI "Ozodlik radiosi" va AQShning boshqa ommaviy axborot vositalarini himoya qilib chiqdi

20:53 / 17.03.2025