Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olmaotada O‘rol Tansiqboyev asarlarining ko‘rgazmasi ochildi
Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva ushbu ko‘rgazma O‘zbekiston va Qozog‘iston madaniy aloqalarini yanada mustahkamlashiga umid bildirdi.
Olmaotada O‘rol Tansiqboyevning retrospektiv ko‘rgazmasi ochildi, deb ma’lum qildi O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva.

Ko‘rgazma O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Qozog‘iston Abilxon Qasteyev nomidagi Davlat san’at muzeyi hamda ikki davlat muzeylari bilan hamkorlikda tashkil etilgan.

“Tansiqboyev ijodi Qozog‘iston bilan chambarchas bog‘liq. U bu yerda ko‘p ishlagan, Abilxon Qasteyev bilan do‘st bo‘lgan. Umid qilamanki, ushbu ko‘rgazma madaniy aloqalarimizni yanada mustahkamlaydi”, — deydi Mirziyoyeva.
A.Qasteyev nomidagi Davlat san’at muzeyida ochilgan ko‘rgazma 1 iyungacha davom etadi. Rassomning asarlari “O‘rol Tansiqboyev: ijod saylanmasiga nazar” nomi bilan taqdim etilmoqda.

Ma’lumot uchun, 1904—1974 yillar oralig‘ida yashab ijod qilgan O‘rol Tansiqboyev rassom va rangtasvir ustasi bo‘lgan. Uning o‘nlab mashhur asarlari mavjud. Tansiqboyev 1944 yilda “O‘zbekiston Respublikasi xalq rassomi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.





Mavzuga oid
17:43 / 19.06.2026
MDH harbiy shtab boshliqlari Ostonada uchrashdi
18:47 / 18.06.2026
Qozog‘iston Markaziy Osiyoda eng ko‘p ichadigan davlat bo‘lib chiqdi - tadqiqot
13:31 / 17.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston bosh vazirini qabul qildi
10:15 / 17.06.2026