London milliarder Farhod Ahmedovga nisbatan sanksiyalarni bekor qildi
Yevropa Ittifoqi ortidan Buyuk Britaniya rossiyalik milliarder Farhod Ahmedovga nisbatan sanksiyalarni bekor qildi va uning aktivlari endi muzlatilmaydi.

Foto: Igor Kubedinov/ TASS
London rossiyalik milliarder va gaz qazib oluvchi "Nortgaz" kompaniyasining sobiq egasi Farhod Ahmedovga nisbatan sanksiyalarni bekor qildi. Bu haqda 19 mart, chorshanba kuni Buyuk Britaniya Moliya vazirligining Moliyaviy sanksiyalarni qo‘llash boshqarmasi (OFSI) ma’lum qildi.
Ahmedovning ismi «jamlangan ro‘yxat»dan o‘chirildi va tadbirkorning o‘ziga endi aktivlari muzlatish yoki trast sektorida nisbatan sanksiyalar qo‘llanmaydi, deyiladi xabarnomada.
London Rossiyaning Ukrainadagi urushi fonida 2022 yil 13 aprelda tadbirkorga nisbatan cheklovlar joriy qilgan.
Yevropa Ittifoqi sudida sanksiyalarni bekor qilishga erishdi
2024 yil may oyida Lyuksemburgdagi Yevropa sudi YeI Kengashining multimilliarderga nisbatan cheklov choralarini qo‘llash haqidagi qarorini u ishda g‘alaba qozonganidan keyin bekor qildi.
Ahmedov 2022 yil 8 aprelda Yevropa Ittifoqining individual sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan.
Avvalroq, 14 mart kuni YeI "Yevroxim" sobiq rahbari Vladimir Rashevskiy, Yevropa yahudiylari kongressi sobiq rahbari, tadbirkor Vyacheslav Moshe Kantor va Rossiya sport vaziri Mixail Degtyarevga nisbatan sanksiyalarni bekor qilgani ma’lum bo‘lgan edi.
So‘nggi yangiliklar
-
“Cobalt'ga shartnoma olishga o‘xshab...” - Piskentdagi laboratoriyaga navbat olish qiyinlashib ketdi
Iqtisodiyot | 15:14
-
Kambag‘al oilalarga 22,5 mln so‘m grant, ijtimoiy kartaga “ko‘chayotgan” qog‘ozbozlik va yetim bolalarga g‘amxo‘rlik – 1 apreldan nimalar o‘zgaradi?
O‘zbekiston | 14:47
-
Tayvan harbiy-dengiz kuchlari kemasi Xitoy kemasi bilan to‘qnashib ketdi
Jahon | 14:33
-
Nusayrat lageriga tashlangan bomba, Hind okeanida kuch to‘playotgan AQSh va Istanbulning muvaqqat hokimi - kun dayjesti
Jahon | 14:08
Mavzuga oid

08:35
Sanksiyalar yengillashishi yoki kuchaytirilishi Rossiyaning qadamlariga bog‘liq - AQSh Moliya vazirligi

23:26 / 25.03.2025
G‘arb sanksiyalari Rossiyani qariyb 500 mlrd dollar daromaddan mahrum qilgani aytilmoqda

18:14 / 21.03.2025
Germaniya Rossiyaning maxfiy floti tankerini musodara qildi

10:33 / 14.03.2025