Tramp Mirziyoyevni Navro‘z bayrami bilan tabrikladi
AQSh prezidenti O‘zbekiston rahbariga tabrik maktubi yo‘lladi.

Foto: Samira Bouaou
AQSh prezidenti Donald Tramp O‘zbekiston yetakchisi Shavkat Mirziyoyevni Navro‘z bayrami bilan tabrikladi.
«Amerika Qo‘shma Shtatlari halqi nomidan Sizni va butun O‘zbekiston halqini ajoyib Navro‘z ayyomi bilan tabriklayman. Bu barcha uchun tinchlik, farovonlik va yangilanish bayramidir», deyiladi tabrik maktubida.
AQSh yetakchisi mamlakatlar o‘rtasida mustahkam rishtalar o‘rnatilayotganligini yuksak qadrlashini, Mirziyoyevning izchil islohotlar dasturini olqishlashini ta’kidladi.
«Savdo aloqalarimizni kengaytirish va zamonamizning eng yirik muammolarini hal etish yo‘lida hamkorlik qilishni intiqlik bilan kutaman. Buyuk davlatlarimiz ravnaq sari intilayotgan bir paytda, Amerika Qo‘shma Shtatlari O‘zbekistonning suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini doimo qo‘llab-quvvatlashga sodiq bo‘lib qoladi. Navro‘z muborak!», deyiladi maktubda.
Mavzuga oid

22:59 / 24.03.2025
Tramp ma’muriyati Signal’dagi maxfiy harbiy chatga jurnalistni tasodifan qo‘shib qo‘ydi

22:41 / 24.03.2025
Eron yangi bitim talab qilmoqda. Eskisi qanaqa edi?

21:28 / 24.03.2025
Tramp Jon Kennedi qotilida «yordamchilar bo‘lganini» aytdi

21:06 / 24.03.2025