Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniya turistik vizani rasmiylashtirish uchun yig‘imlarni oshiradi
Bundan tashqari, Global Talent, talabalar va ishchi vizalari narxi toifasiga qarab kamida 7 foizga oshadi.
Buyuk Britaniya 9 apreldan boshlab turistik vizani rasmiylashtirish uchun yig‘imlarni oshiradi. Yig‘imlarning yangi narxi mamlakat hukumatining sayti orqali e’lon qilindi.
Qayd etilishicha, talabalar, ishchi vizalari va «iste’dodlilar vizasi»ni rasmiylashtirish uchun ham bojxona to‘lovlari oshiriladi.
Xususan, sayyohlik vizasini rasmiylashtirish yig‘imi o‘rtacha 10 foizga ko‘payadi. Yarim yillik viza narxi 127 funt sterling (2,1 mln so‘m), ikki yilgacha — 475 funt sterling (7,9 mln so‘m), besh yilgacha — 848 funt sterling, o‘n yilgacha — 1059 funt sterling bo‘ladi.
Bundan tashqari, Global Talent, talabalar va ishchi vizalari narxi toifasiga qarab kamida 7 foizga oshadi.
Britaniya Ichki ishlar vazirligiga ko‘ra, yig‘imning oshirilishi «immigratsiya va chegara tizimining davlat mablag‘lariga qaramligini kamaytirishga xizmat qiladi». Narxlarning oshirilishi hukumatga har yili qo‘shimcha 269 million funt sterling daromad keltiradi.
Mavzuga oid
08:50 / 08.06.2026
SIPRI: dunyoda yadroviy qurollar soni yana o‘sishi mumkin
08:44 / 08.06.2026
Yevropa yetakchilari va Zelenskiy tinchlikning besh shartini e’lon qildi
16:53 / 04.06.2026
Buyuk Britaniyada 18 yoshli talaba o‘limi tufayli namoyish va tartibsizliklar ro‘y berdi
08:44 / 02.06.2026