NYT: SpaceX Tramp ma’muriyatidan milliardlab dollarlik shartnomalar oladi
Ilon Mask rahbarlik qilayotgan Hukumat samaradorligi departamenti budjet xarajatlarini qisqartirishga urinayotganiga qaramay, uning kompaniyalari milliardlab dollarlik davlat shartnomalarini qo‘lga kiritmoqda.

Foto: Eric Lee/The New York Times
Ilon Mask AQSh Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) rahbari sifatida qator idoralarni yopish va yuzlab xodimlarni ishdan bo‘shatish orqali davlat xarajatlarini qisqartirish tashabbusini ilgari surmoqda. Shu bilan birga, uning SpaceX kompaniyasi ayrim idoralardan milliardlab dollarlik federal shartnomalarni qo‘lga kiritishga tayyorlanyapti, deb yozadi The New York Times.
Gazetaning qayd etishicha, Mudofaa vazirligining yangi rahbariyati Maskka tegishli kompaniya harbiylarga yuklarni sayyora bo‘ylab tashishda ilg‘or va istiqbolli usullarni taqdim etishi mumkin deb hisoblamoqda. Savdo vazirligi esa kompaniyani shaharlardan tashqarida keng polosali internetni rivojlantirish loyihasida ishtirok etish uchun mos deb topgan. Loyihaning umumiy qiymati 42 milliard dollarni tashkil etadi.
NASA’ga bo‘lsa Maskning Marsni tadqiq qilish va u yerga birinchi astronavtlarni yuborish loyihalariga alohida e’tibor qaratish tavsiya etilmoqda. Shuningdek, Oq uy va Federal fuqarolik aviatsiyasi boshqarmasi hukumatning internetdan foydalanish imkoniyatini oshirish uchun Starlink uskunalarini o‘rnatgan. Bundan tashqari, kompaniya davlat mulkidan foydalanish uchun keng imkoniyatga ega bo‘lgan.
«Ilon nimani so‘rasa, o‘shani qo‘lga kiritish imkoniyati juda baland. U Oq uyda ham, Trampning Floridadagi qarorgohi Mar-a-Lagoda ham o‘z odami hisoblanadi. Hech kim uning hokimiyatda bunday kuchli ta’sirga ega bo‘lishini kutmagan edi», — deydi Federal savdo komissiyasining sobiq xodimi Bler Levin.
Tesla va SpaceX bosh direktori Ilon Mask Donald Trampni saylovoldi kampaniyasi vaqtida faol qo‘llab-quvvatlagan va uning asosiy homiysiga aylangan edi. Saylovdagi g‘alabadan keyin ushbu milliarder Tramp ma’muriyatida Hukumat samaradorligi departamenti rahbari lavozimini oldi, uning vazifasi o‘zining so‘zlariga ko‘ra, budjet xarajatlarini, shishirilgan apparatlarni qisqartirish va korrupsiyaga qarshi kurashishdan iborat.
Tavsiya etamiz
Aprelda qanaqa ob-havo kutilyapti?
O‘zbekiston | 12:09 / 28.03.2025
AQShda Isroilni tanqid qilgan turk talaba qo‘lga olindi
Jahon | 22:36 / 27.03.2025
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi
Jamiyat | 20:18 / 27.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
Mavzuga oid

16:21 / 29.03.2025
Ilon Mask X ijtimoiy tarmog‘ini o‘zining xAI kompaniyasiga sotdi

17:47 / 26.03.2025
Ilon Maskning Grok neyrotarmog‘i Telegram'ga integratsiya qilindi

12:52 / 25.03.2025
AQShda Mask departamenti tekshiruvidan so‘ng 7 mln kishi vafot etgan deb topildi

13:16 / 24.03.2025