Rossiyada ayrim migrantlar patensiz ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi
Buning uchun ular barmoq izlarini topshirishi, giyohvand moddalar va xavfli infeksion kasalliklar bo‘yicha tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kerak.

Foto: Mir24.tv/ Kukovskiy Artyom
RF prezidenti Vladimir Putin chet elliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga Rossiyada mehnat faoliyatini patent olmasdan amalga oshirishlari imkonini beruvchi farmonni imzoladi.
Buning uchun ular daktiloskopiya (barmoq izlari) topshirishi, giyohvand moddalar hamda xavfli infeksion kasalliklar bo‘yicha tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kerak bo‘ladi.
Rasmiy huquqiy axborot internet portalida e’lon qilingan hujjatda belgilanishicha, «chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar Rossiya Ichki ishlar vazirligining hududiy organida barmoq izlari orqali shaxsni identifikatsiya qilish jarayonidan o‘tsa, ish ruxsatnomasi yoki patent olmasdan mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega».
Yana bir shart – tibbiy ko‘rikdan o‘tish kerak bo‘ladi, unda giyohvand yoki psixotrop moddalarni shifokor retseptisiz iste’mol qilish, shuningdek, yangi turdagi xavfli psixoaktiv moddalar yoki atrofdagilar uchun xavf tug‘diruvchi yuqumli kasalliklar bor-yo‘qligi tekshiriladi.
Mazkur farmonga ko‘ra, bunday kasalliklar qatoriga, xususan, OIV ham kiritilgan.
Avvalroq Rossiya migrantlarga poytaxt va unga qo‘shni hududda bitta patent bilan ishlashga ruxsat berishni rejalashtirayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Bu imkoniyatni Moskva va Moskva viloyatidagi, shuningdek, Sankt-Peterburg va Leningrad viloyatidagi migrantlar olishlari mumkin.
Migrantlar uchun patent vizasiz davlatdan kelgan chet el fuqarosiga (xususan, Ozarboyjon, Tojikiston, O‘zbekiston, Moldova, ya’ni YeOII davlatlaridan tashqari) Rossiya hududida ishlashga ruxsat beruvchi hujjatdir. Bugungi kunda patentlar «bitta patent — bitta mintaqa va bitta kasb» tamoyili asosida beriladi.
Tavsiya etamiz
Aprelda qanaqa ob-havo kutilyapti?
O‘zbekiston | 12:09 / 28.03.2025
AQShda Isroilni tanqid qilgan turk talaba qo‘lga olindi
Jahon | 22:36 / 27.03.2025
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi
Jamiyat | 20:18 / 27.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
HAMASga qarshi qo‘zg‘algan g‘azoliklar, rad etilgan «Ukrainani talash» rejasi
Jahon | 13:46
-
«Paxtakor» Toshkentda «Dinamo»ga yutqazdi, OKMK yaqqol peshqadam
Sport | 13:44
-
Yangi hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishi kutilmoqda?
O‘zbekiston | 13:18
-
Turkiyada so‘nggi yillardagi eng yirik namoyishlar - fotosuratlar
Jahon | 12:47
Mavzuga oid

22:16 / 29.03.2025
Rossiyada qarovsiz qolgan o‘zbekistonlik bolalar vatanga qaytarildi

11:03 / 29.03.2025
SSJ-100 halokati: Davlatlararo aviatsiya qo‘mitasi mas’uliyatni ekipajga yukladi

09:30 / 29.03.2025
Vens Daniya hukumatini Grenlandiyani Rossiyadan «yetarli himoya qilmayotgani» uchun tanqid qildi

08:30 / 29.03.2025