O‘ttiz yil oldin Yaponiyadagi sekta Tokio metrosida zarin gazi ishlatib, terakt uyushtirgandi - fotosuratlar
Bu nodavlat tashkilot mustaqil ravishda kimyoviy qurol tayyorlashi va qo‘llashi bilan bog‘liq birinchi va oxirgi holat bo‘lib qoladi.
1995 yil 20 mart kuni Tokio metrosida bir vaqtning o‘zida beshta bekatda jangovar zarin gazidan foydalangan holda terakt sodir etiladi. Uni Syoko Asahara boshchiligidagi «Aum Sinrikyo» apokaliptik sektasi uyushtirgan. 13 kishi halok bo‘lgan, mingdan ortiq kishi jabrlangan. Sekta rahbarlarining aksariyati hibsga olinadi, ulardan 13 nafari, shu jumladan Asahara qatl etiladi.
Syoko Asahara (haqiqiy ismi Tadzuo Matsumoto) 1987 yilda «Aum Sinrikyo» harakatiga asos solgan. U 32 yoshda edi, chaqaloqlikdagi kasallik tufayli deyarli butunlay ko‘r bo‘lgan, u an’anaviy tibbiyot bilan shug‘ullanishga, Hindistonga bir necha marta ziyoratga borishga va hatto dalay-lama bilan uchrashishga ulgurgan.
«Aum Sinrikyo» millenaristik sekta edi, ya’ni uning izdoshlari tez orada qiyomat bo‘lishiga tayyorlanardi. U buddizm, hinduizm va xristianlik elementlarini birlashtirgan. Xususan, Syoko Asahara o‘zini Iso Masih deb atagan.

The Asahi Shimbun / Getty Images

Sankei / Getty Images
«Aum Sinrikyo» diniy tashkilot sifatida ro‘yxatga olingan. Unga qarshi ommaviy kampaniya olib boriladi: sekta hokimiyatni egallab olish va ommaviy terror uyushtirishni rejalashtirishda ayblangan. Shuningdek, politsiya firibgarlikda gumon qilib surishtiruv ham o‘tkazgan: «Aum Sinrikyo» a’zolari ko‘chmas mulkni sotib olish uchun ko‘plab soxta firmalarni ro‘yxatdan o‘tkazishda gumonlangan. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, sekta a’zolari bir necha kishini, jumladan, uni tark etishga uringanlarni, shuningdek, o‘z muxoliflarini o‘ldirgan.
1995 yil 22 martda politsiya «Aum Sinrikyo» shtab-kvartirasida tintuv o‘tkazishni rejalashtiradi. Syoko Asahara bu haqda oldindan ogohlantirilgandi. Huquq-tartibot idoralari e’tiborini chalg‘itish uchun u terakt uyushtirishni buyuradi. 20 mart kuni ertalabki tig‘iz vaqtda sekta a’zolari Tokio metrosining beshta bekatida zarin gazini ishlatadi.

The Asahi Shimbun / Getty Images



Noboru Hashimoto / Corbis / Getty Images



The Asahi Shimbun / Getty Images


The Asahi Shimbun / Getty Images

Katsumi Kasahara / Gamma-Rapho / Getty Images



Richard A. Brooks / AFP / Scanpix / LETA
«Aum Sinrikyo» dunyoning ko‘plab mamlakatlarida, jumladan, 1990-yillarda minglab tarafdorlari bo‘lgan Rossiyada ham terrorchi tashkilot sifatida tan olingan. Yaponiyada jinoiy ta’qibdan qutulib qolgan sektaning sobiq a’zolaridan ba’zilari yangi diniy tashkilotlar – «Alef» va «Hikarinova» («Dunyo doirasi»)ni tuzishadi. Ular terror va siyosiy ambitsiyalardan voz kechganini e’lon qilgan, bugungi kunda politsiya va maxsus xizmatlar nazorati ostida harakat qilmoqda.
Tavsiya etamiz
Aprelda qanaqa ob-havo kutilyapti?
O‘zbekiston | 12:09 / 28.03.2025
AQShda Isroilni tanqid qilgan turk talaba qo‘lga olindi
Jahon | 22:36 / 27.03.2025
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi
Jamiyat | 20:18 / 27.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Saida Mirziyoyeva Turkmanistondagi xalqaro konferensiyada ishtirok etdi
O‘zbekiston | 00:41
-
Tramp firibgarlik uchun qamalgan Nikola Motor asoschisini afv qildi
Jahon | 23:56 / 29.03.2025
-
Shavkat Mirziyoyev Myanmadagi halokatli zilzila yuzasidan hamdardlik bildirdi
Jahon | 23:38 / 29.03.2025
-
Pentagon 75 mingdan ortiq xodimni ishdan bo‘shatishga tayyorlanmoqda
Jahon | 22:55 / 29.03.2025
Mavzuga oid

20:51 / 28.03.2025
Yaponiyada Fuji vulqoni otilganda ko‘riladigan choralar bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi

20:45 / 27.03.2025
Olimlar tug‘ma karlikni davolash usulini topdi

08:30 / 26.03.2025
Xato tufayli o‘limga hukm qilingan yaponiyalik chol rekord miqdorda tovon puli oldi

20:43 / 24.03.2025