Nurotada bog‘cha bolalariga yaroqsiz go‘sht berilayotgani aniqlandi
Tumandagi ayrim maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar uchun ajratilgan oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash qoidalariga rioya qilinmayotgani, go‘sht mahsulotlarining bir qismi iste’molga yaroqsiz ekani kuzatilgan. Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov tizim mas’ullaridan “halollik va vijdon bilan ishlash” qasamyod xatini yozdirib olish topshirig‘ini bergan edi.

Foto: Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi
Navoiy viloyatining Nurota tumanidagi bog‘chalarda bolalarga iste’molga yaroqsiz go‘sht berilayotgani aniqlandi. Bu haqda Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, tumandagi maktab va bog‘chalarda o‘quvchi hamda tarbiyalanuvchilarning sog‘lom ovqatlanishini tashkil etish holati jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganilgan. Jarayonda qator kamchiliklarga duch kelingan.
Jumladan, o‘rganishlar natijasida ayrim maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar uchun ajratilgan oziq-ovqat mahsulotlarining saqlanish qoidalariga rioya qilinmayotgani kuzatilgan. Ba’zi bog‘chalarda esa go‘sht mahsulotlarining 4/1 qismi yaroqsiz holatda ekani qayd etilgan.
Federatsiya tumandagi aynan qaysi maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarga iste’molga yaroqsiz go‘sht berilayotganini ochiqlamagan. O‘rganish ishlari davom etayotgani, uning yakunlari va aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha tegishli tashkilotlarga ma’lumot taqdim etilishi bildirilgan.
Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov oldinroq viloyatdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazgandi. Viloyat rahbari uchrashuvda bog‘chalardagi kamchiliklarga to‘xtalib, 1 kun muddatda mas’ullardan “halollik va vijdon bilan ishlash” qasamyod xatini yozdirib olish topshirig‘ini bergandi.
Tavsiya etamiz
Aprelda qanaqa ob-havo kutilyapti?
O‘zbekiston | 12:09 / 28.03.2025
AQShda Isroilni tanqid qilgan turk talaba qo‘lga olindi
Jahon | 22:36 / 27.03.2025
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi
Jamiyat | 20:18 / 27.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
HAMASga qarshi qo‘zg‘algan g‘azoliklar, rad etilgan «Ukrainani talash» rejasi
Jahon | 13:46
-
Turkiyada so‘nggi yillardagi eng yirik namoyishlar - fotosuratlar
Jahon | 12:47
-
«Real»da kambek, Shomurodov va «Roma»da g‘alabali seriya. Kun o‘yinlari
Sport | 11:58
-
Olimlar hech qanday tirik jonzotga o‘xshamaydigan organizmni topishdi
Jahon | 10:53
Mavzuga oid

13:12 / 25.03.2025
O‘sishdan to‘xtashi mumkin - mutaxassis bolalarda uyqu yetishmasligi oqibatlaridan ogohlantirdi

12:27 / 22.03.2025
O‘zbekistonda oqqon va saratonga chalingan bolalar uchun xonadon reabilitatsiya markazi ochildi

20:12 / 18.03.2025
Qozog‘istonda ota-ona qaramog‘isiz qolgan 10 nafar bola O‘zbekistonga qaytariladi

18:29 / 14.03.2025