Rossiyada talabalarni armiyadan qoldirishni bekor qilish taklif etildi
Rossiya Davlat dumasi deputati Viktor Sobolev RTVI telekanaliga bergan intervyusida mamlakatda umumiy harbiy majburiyat to‘g‘risidagi qonun joriy qilinishi lozimligini aytdi.

Foto: «Moskva» agentligi
Unga ko‘ra, barcha fuqarolar, o‘qish yoki boshqa holatlardan qat’i nazar, armiyada xizmat qilishi kerak. Sobolev bu masalada «yarim choralar» qabul qilinmasligi lozimligini ta’kidlab, Yevropa mamlakatlari urush tahdidi solayotgani, Ukrainadagi mojaro yakuni noaniq ekani va AQSh «Ukrainani o‘z qanoti ostiga olishga intilyotgani»ni asos sifatida keltirdi.
«Ana endi jiddiy ishlar bilan shug‘ullanish vaqti keldi: tibbiy tomondan qarshi ko‘rsatma bo‘lmagan barcha fuqarolar uchun majburiy xizmat joriy qilish kerak. Agar umumiy harbiy majburiyat bo‘lsa, o‘qish yoki boshqa sabablarga qaramasdan hamma xizmat qiladi. Yagona istisno — sog‘liq bilan bog‘liq holat bo‘ladi», — degan deputat.
U shuningdek, Davlat duma tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilingan va yashash joyini almashtirish haqida harbiy komissariatga xabar bermaganlik uchun jarimalarni oshirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ham izohladi. Sobolevning so‘zlariga ko‘ra, bunday xatti-harakatlar «harbiy xizmatdan qochishning bir turi» hisoblanadi. «Albatta, jazo kuchaytirildi. Boshqacha bo‘lishi mumkin emas. Bunday bo‘shliqlarni yopish kerak», — dedi u.
Mart oyi boshida «Axmat» maxsus bo‘linmasi komandiri Apti Alaudinov ham shunga o‘xshash fikr bildirib, Yevropa bilan urush uchun «bir necha million» erkakni chaqirish haqida o‘ylash lozimligini aytgan edi. U «agar umumiy harbiy safarbarlik masalasi kun tartibiga chiqsa, kamida ikki millionlik armiya tuzish kerak, shunda dushmanlarimiz qayta tiklanolmaydigan holatga tushib qoladi», deb ta’kidlagan edi.
Yanvar oyida RF Davlat dumasi «Harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi qonunda o‘zgartishlar kiritishni taklif qilgandi. Bu o‘zgartishlar chaqiruv komissiyalariga avval qabul qilingan qarorlarni qayta ko‘rib chiqish huquqini berishi mumkin.
Hozir qonunning 28-moddasiga ko‘ra, bunday komissiya chaqiruvchini armiyaga, muqobil xizmatga yo‘llash, qoldirish, zaxiraga o‘tkazish yoki butunlay ozod etish haqida qaror chiqarishi mumkin.
Ammo «Kommersant’» o‘rgangan yangi loyihaga ko‘ra, agar ma’lum bir «sharoitlar» yuzaga kelsa, bu qarorlar qayta ko‘rib chiqilishi mumkin. Aynan qanday «sharoitlar» nazarda tutilayotgani loyihada ochiq yozilmagan.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Avstraliyada suv toshqinlari oqibatida 100 mingdan ortiq chorva nobud bo‘ldi
Jahon | 23:24
-
Xitoyda birinchi marta operatorlarga uchar taksilardan foydalanishga ruxsat berildi
Fan-texnika | 23:16
-
Ukrainada 20 km masofaga ucha oladigan optik tolali FPV-dronlar sinovdan o‘tkazildi
Jahon | 23:14
-
Demokrat Senatda Tramp siyosatiga qarshi 17 soat nutq so‘zladi
Jahon | 23:06
Mavzuga oid

22:54
Rossiya va Ukraina bir-birini energetika obektlariga zarba berishda davom etayotganlikda aybladi

22:39
Putin gubernatorlar maoshini keskin oshirdi

20:35
Rossiyada tarqalayotgan «noma’lum virus» mikoplazma pnevmoniyasi bo‘lib chiqdi

17:12