Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KXDRda harbiylar Seul shahriga o‘xshash bazada mashg‘ulotlar o‘tkazadi - koreyalik asir
Seul va Janubiy Koreyaning boshqa shaharlariga o‘xshash tarzda qurilgan poligon Koksan okrugida joylashgan.
Shimoliy Koreya harbiylari Seul va Janubiy Koreyaning boshqa shaharlariga o‘xshash tarzda qurilgan harbiy bazada mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda. Bu haqda ukrainaliklar tomonidan Kursk oblastida asirga olingan Ri ismli KXDR harbiysi ma’lum qildi.
Rining so‘zlariga ko‘ra, ushbu baza Koksan okrugida joylashgan o‘quv poligoni bo‘lib, Janubiy va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi demilitarizatsiya qilingan hududdan atigi 65 kilometr uzoqlikda joylashgan.
«Poligon Seulning Chonnogu, Busan, Tegu, Chonju tumanlari va Chejudo orolidagi inshootlarni yodga soluvchi geografik shakl va binolarga ega», — deydi u.
Jurnalistlar Koksan hududining sun’iy yo‘ldosh tasvirlarini o‘rganib chiqib, KXDR harbiy xizmatchisining so‘zlariga tasdiq topgan. Suratlarga ko‘ra, bazaning uzunligi taxminan 3,5 kilometr, eni esa 1,5 kilometrni tashkil etadi. U yerdagi binolarning aksariyati bir qavatli yoki oxirigacha qurilmagan.
Bundan tashqari, poligonga 33 ta tank va sakkizta aviamodel joylashtirilgan bo‘lib, ular mazkur hududda 20 yildan ortiq vaqtdan beri turgan bo‘lishi mumkin.
Avvalroq Shimoliy Koreya snaryad va raketalar ishlab chiqaruvchi zavodlari maydonini oxirgi uch yilda sezilarli darajada kengaytirgani to‘g‘risida xabar berilgandi. The Washington Postʼga ko‘ra, urushning ikkinchi yilida KXDR Rossiyaga 1,6 millionga yaqin snaryad yuborgan.
Mavzuga oid
20:27 / 09.06.2026
Si Jinping Pxenyanda: Xitoy va KXDR munosabatlarni «yangi cho‘qqilar»ga olib chiqmoqda
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
20:18 / 11.05.2026
Kim Chen In o‘zi o‘ldirilgan taqdirda, yadroviy zarba bilan qasos olishni buyurdi
19:26 / 06.05.2026