Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saida Mirziyoyeva Ramazon hayiti bilan barcha o‘zbekistonliklarni tabrikladi
«Ramazon hayiti – Iyd al-Fitr bayrami barchamizga muborak bo‘lsin. Ushbu muqaddas ayyom sharofati bilan jamiyatimizda o‘zaro hurmat-ehtirom, jahonda tinchlik-osoyishtalik hukm sursin», - deb yozdi prezidenti yordamchisi.
O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva Ramazon hayiti munosabati bilan tabrik yo‘lladi.
«Hurmatli vatandoshlar. Ramazon hayiti – Iyd al-Fitr bayrami barchamizga muborak bo‘lsin. Ushbu muqaddas ayyom sharofati bilan jamiyatimizda o‘zaro hurmat-ehtirom, jahonda tinchlik-osoyishtalik hukm sursin. Yurtimizga qut-baraka yog‘ilsin. Barcha ezgu orzu-umidlaringiz amalga oshsin, azizlar!» — deb yozdi Saida Mirziyoyeva.
Avvalroq Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Ramazon hayiti tabrigini yo‘llagan edi. Prezident o‘z tabrigida kam ta’minlangan, yordamga muhtoj oilalar, keksa, nogiron va yolg‘iz insonlar holidan xabar olish, kambag‘al kishilarning og‘irini yengil qilish, uylar va mahallalarni obod etish, uch avlod vakillari ishtirokida ommaviy daraxt ekish, yangi bog‘-u rog‘lar barpo etish bo‘yicha ko‘plab xayriya tadbirlari o‘tkazilganini qayd etgan.
Mavzuga oid
22:09 / 12.06.2026
Saida Mirziyoyeva Amir Temur haqidagi “Adolat fasli” spektakliga yuqori baho berdi
15:12 / 09.06.2026
Amerika biznesi O‘zbekiston loyihalariga qiziqishni kuchaytirmoqda - Saida Mirziyoyeva
17:54 / 06.06.2026
Qo‘g‘irchoq teatri san’ati an’analarini asrab qolish alohida ahamiyatga ega – Saida Mirziyoyeva
17:36 / 05.06.2026