Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijondagi masjidda sodir bo‘lgan portlash yuzasidan hukumat komissiyasi tuzildi
Komissiyaga bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov boshchilik qiladi.
Foto: FVV
Bosh vazir matbuot xizmati xabariga ko‘ra, komissiyaga hukumat rahbari o‘rinbosari Ochilboy Ramatov boshchilik qiladi.
Komissiya masjid hududida ro‘y bergan baxtsiz hodisa oqibatida halok bo‘lgan fuqarolarning oila a’zolariga har tomonlama ko‘maklashish hamda jabrlangan fuqarolarga tez tibbiy yordam ko‘rsatish, ushbu baxtsiz hodisaning kelib chiqish sabablarini o‘rganish, shuningdek, bu kabi favqulodda vaziyatlarning oldini olish bilan shug‘ullanadi.
31 mart kuni Izboskan tumanidagi masjid tahoratxonasida gaz portlashi oqibatida uch kishi halok bo‘lib, 10 kishi jarohatlangan. Voqea joyiga viloyat hokimi, FVB, IIB, MG, SSB, prokuratura va «Hududgazta’minot», tuman FVDqT xizmatlari kuch vositalari yetib borib, hodisa oqibatlari bartaraf etilmoqda.
Mavzuga oid
09:50
Gulistondagi portlashdan so‘ng 3 kishi qamoqqa olindi
18:29 / 04.12.2025
Gulistondagi portlashda halok bo‘lganlar oilasiga 100 mln so‘mdan beriladi
21:40 / 03.12.2025
“Yong‘in payti oshxonada odam ko‘p edi” – Gulistondagi portlash joyidan reportaj
17:48 / 03.12.2025