Donald Tramp uchinchi bor AQSh prezidenti etib saylanishi mumkinmi?
AQSh prezidenti Donald Tramp yakshanba kuni u uchinchi muddatga saylovda ishtirok etish niyati haqida aytgan so‘zlari hazil emasligini bildirdi, biroq AQSh Konstitutsiyasida prezident lavozimini ikki muddatdan ortiq egallash taqiqlanganini qanday chetlab o‘tishini u tushuntirmadi.

Foto: Bloomberg
Xo‘sh, Donald Tramp uchinchi muddatga saylana oladimi? Agar saylana olmasa, unga qanday huquqiy to‘siqlar monelik qiladi. Reuters bu borada qiziq tahlil o‘tkazdi.
AQSh konstitutsiyasida nima deyilgan?
AQSh Konstitutsiyasiga kiritilgan 22-o‘zgartishda «Hech kim ikki martadan ortiq prezident etib saylanishi mumkin emas», deb belgilangan.
Ushbu o‘zgartish 1951 yilda, prezident Franklin Ruzvelt AQShning ilk prezidenti Jorj Vashington davridan buyon amal qilib kelgan ikki muddatlilikka doir norasmiy qoidani buzgandan so‘ng ratifikatsiya qilingan.
Katta depressiya va Ikkinchi jahon urushi davrida prezidentlik qilgan Ruzvelt uch to‘liq muddat hokimiyatda bo‘ldi va 1945 yili — to‘rtinchi muddati boshlanganidan bir necha oy o‘tib vafot etgan.
Kuinnipiak universiteti huquq professori Ueyn Angerning ta’kidlashicha, Konstitutsiya prezidentlik muddatini to‘rt yilllik ikki muddat bilan aniq cheklab qo‘ygan. Uning so‘zlariga ko‘ra, tarixda bunday holat kuzatilmagan bo‘lsa-da, Trampning bu bandni sudda shubha ostiga olishga urinishi muvaffaqiyatsizlikka uchrashi ehtimoli yuqori.
«Menimcha, Oliy sud uning bu xohshiga «yo‘q» deb aytadi — hammasi aniq: u to‘rt yildan ikki bor lavozimni egallashi mumkin. Donald Tramp, siz uchinchi bor saylovda qatnasholmaysiz», — deydi Anger.
Trampni qo‘llovchilar konstiutsiyani o‘zgartirishi mumkinmi?
Ha, lekin bu hozirgi siyosiy qutblanish davrida juda past ehtimolga ega.
Har qanday konstitutsiyaviy o‘zgartish uchun Amerika Qo‘shma Shtatlari Kongressining ikki palatasida — Vakillar palatasi va Senatdagi deputatlarning uchdan ikki qismining ovoz kerak bo‘ladi. Yoki shtatlarning kamida uchdan ikki qismi qonunchilik organlari talabiga binoan Milliy Konvent chaqirilishi, so‘ngra 50 ta shtatdan 38 tasi tomonidan ratifikatsiya qilinishi zarur.
Ayni paytda respublikachilar Vakillar palatasida kichik ustunlikka ega — 213 o‘ringa qarshi 218 o‘rin. Senatda esa 53 ovozga ega. Ular shuningdek, 28 shtat qonunchilik organlarini nazorat qilishadi.
Tennessi shtatidan kongressmen va Trampning qat’iy tarafdori Endi Ogls yanvar oyida Konstitutsiyaga 22-o‘zgartishni qayta ko‘rib chiqish taklifi bilan chiqqan. U prezidentga ketma-ket emas, balki alohida muddatlarda uch marta xizmat qilish imkonini berishni taklif etgan.
Agar bu o‘zgartish qabul qilinadigan bo‘lsa, Trampning 2017 va 2025 yillardagi prezidentlik muddatlari bir-birini qoplamagani bois, u 2029 yildan boshlab uchinchi muddatga kirishish imkoniyatiga ega bo‘lar edi.
Tramp viye-prezident sifatida nomzod bo‘lishi mumkinmi?
Tramp NBC telekanaliga bergan intervyusida keyingi saylovda prezidentlikka nomzod sifatida Jyey Di Vens ko‘rsatilsa, o‘zini vitse-prezidentlikka ko‘rsatish imkoni haqida gapirdi.
Agar Vens saylovda g‘alaba qozonsa va keyinroq prezidentlikdan voz kechsa, Tramp qaytadan Oq uyga qaytish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Biroq Tramp vitse-prezidentlikka ham nomzod bo‘la olmaydi, chunki u yana prezident bo‘lish huquqiga ega emas. AQSh Konstitutsiyasining 12-o‘zgartishida shunday deyilgan: «Prezident lavozimiga saylanishga huquqi bo‘lmagan shaxs, vitse-prezident lavozimiga ham saylanish huquqiga ega emas».
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kanar orollarida o‘tkazilgan operatsiyada salkam 4 tonna kokain musodara qilindi
Jahon | 22:12
-
Tramp Maskni qo‘llab-quvvatlash uchun sotib olgan Tesla avtomobilidan qutulmoqchi
Jahon | 22:08
-
Braziliyada fermer 36 mln dollar yutib oldi va 25 kundan keyin stomatolog qabulida vafot etdi
Jahon | 21:31
-
YeIga a’zo 5 ta davlat bolalar uchun TikTok va YouTubeʼni taqiqlash taklifi bilan chiqdi
Jahon | 21:14
Mavzuga oid

22:08
Tramp Maskni qo‘llab-quvvatlash uchun sotib olgan Tesla avtomobilidan qutulmoqchi

19:40
Tramp Germaniyaga Rossiya gazi o‘rniga amerikanikini taklif qildi

18:58
Trampning siyosati tufayli AQSh turizm sanoati 12,5 mlrd dollar yo‘qotadi

15:01